IT-Park “AloqaTechLab” akseleratsiya dasturi ishtirokchisi “Sug‘urta Bozor” UzVC venchur fondidan 100 000 AQSh dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qildi.
Loyiha O'zbekistondagi birinchi sug'urta xizmatlari bozoridir. U sug‘urta kompaniyalari va aholi o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga qaratilgan. Hammuallif Azizbek Qurbonov taʼkidlaganidek, “Sugʻurta Bozor” aholini xavf-xatarlardan sugʻurtalashda, sugʻurta kompaniyalariga esa qoʻshimcha onlayn savdo kanalini taqdim etish orqali oʻz mahsulotlarini sotish hajmini oshirishda yordam bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, UzVC Milliy venchur fondi innovatsion loyihalar va startap ekotizimini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
“Sugʻurta Bozor” startapi haqida batafsil maʼlumot:
https://it-park.uz/en/itpark/news/startup-story-azizbek-kurbonov-s-project-sug-urta-bozor
2022-09-14