3D skanerlash mavzusida onlayn uchrashuv

IT Park rezidenti “AMC Bridge” “3D skanerlash: Uning ishlash uslubi qanday?” mavzusida onlayn uchrashuvga taklif etadi.

Tadbir 23-mart kuni soat 19:00 (Toshkent vaqti bilan)da bo'lib o'tadi.  “AMC Bridge” kompaniyasining dasturiy ta’minotni ishlab chiqish boʻyicha katta muhandisi (Senior Software Development Engineer) Aleksey Zarubin oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.  Mutaxassis 3D skanerlash jarayoni, uning  ishlash uslubi va talab etiladigan jihozlar haqida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.  Aleksey, shuningdek, 3D obyektlarni skanerlashda foydalaniladigan “Marching cubes” va “SLAM” algoritmlari haqidagi bilimlari bilan boʻlishadi.

Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va 3D texnologiyalariga qiziqqan boshlang'ich darajadagi mutaxassislar ishtirok etish uchun taklif etiladi.

Uchrashuv ingliz tilida olib boriladi.  Ishtirok etish bepul. Oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Meetup uchun 22-mart soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin: https://bit.ly/3KMQJJO

Uchrashuvga havola tadbir kuni ro'yxatdan o'tish formasida ko'rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi (iltimos, “kirish xabarlari” («Входящие») va “Spam” qutisini tekshiring).

Ma’lumot:

“AMC Bridge” bosh ofisi AQShda joylashgan global IT-kompaniyadir.  Kompaniya Yevropa va Osiyoning bir qancha mamlakatlarida vakolatxonasiga ega.  20 yildan ortiq vaqt davomida “AMC Bridge” muhandislik dasturlariga ixtisoslashgan holda mashinasozlik sanoatida korporativ kompaniyalar, vendorlar (sotuvchilar) va texnologik startaplar bilan hamkorlik qilib keladi.

2023-03-17