“Dubai Fintech Summit” tadbirida O‘zbekistonning moliyaviy texnologiyalar sohasi namoyish etildi

Ijrochi direktor Abdulahad Kuchkarov va IT Park rezident kompaniyalari boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi 100 dan ortiq yetakchi xalqaro korxonalarni birlashtirgan “fintech” sanoatining eng yirik tadbirlaridan biri — “Dubai FinTech Summit”da ishtirok etdi.

Sammit qatnashchilari oʻrtasida tajriba almashish va yangi hamkorlik kelishuvlarini oʻrnatish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, dastur doirasida muvaffaqiyatli texnologik tashkilotlar vakillari oʻz ishlanmalarini taqdim etadigan koʻrgazma pavilyonini tashkil etish ham koʻzda tutilgan.

Koʻrgazma ishtirokchilari sifatida IT Park Uzbekistan jamoasi Oʻzbekistonda biznes yuritishning afzalliklari, mahalliy “fintech” sektorining joriy holati va zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi haqida maʼlumot berdi. Boshqa kompaniyalar delegatlari Oʻzbekistondagi IT va BPO-kompaniyalarning jadal rivojlanishi va kengayishi uchun turtki boʻlib xizmat qilayotgan IT-mutaxassislar bozori va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga qiziqish bildirdilar.

Bundan tashqari, asosiy dastur doirasida IT Park ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov jadal rivojlanayotgan moliyaviy texnologiyalar bozorini rivojlantirish yutuqlari bilan oʻrtoqlashdi, shuningdek, operatsion jarayonlarni soddalashtirish maqsadida eksportchi kompaniyalar uchun yaratilgan imtiyozlarga toʻxtalib oʻtdi.

Oʻzbekistonning kadrlar salohiyati ham haqli ravishda xorijiy korxonalarning bozorimizga kirishi uchun eng jozibador omillardan biri hisoblanadi — sammit ishtirokchilari Oʻzbekistonlik mutaxassislarni autsorsing xizmatlarini koʻrsatishga qanday yollash boʻyicha koʻplab savollar berishdi.

 

 

2024-05-10