27–29-mart kunlari “Oʻzbekistonda elektron tijoratni optimallashtirish va mintaqaviy hamkorlik: qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat va raqamli xizmatlar” mavzusida virtual konferensiya boʻlib oʻtadi.
Tadbir Jahon banki tomonidan Oʻzbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, IT Park, UK Aid, USAID, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Oʻzbekiston venchur investitsiyalar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston FinTech assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Konferensiya mintaqadagi elektron tijorat va hamkorlik sohasida qimmatli bilim va tajribaga ega boʻlish uchun ajoyib imkoniyat boʻladi. U elektron tijoratning yetakchi ishtirokchilari va ekspertlarini, siyosatchilarni, xalqaro firma va kompaniyalarni birlashtiradi.
Uch kunlik sessiyalar quyidagi mavzularni qamrab oladi:
Virtual uchrashuv ishtirokchilari elektron tijorat sohasidagi bilimlarni muhokama qilishlari va almashishlari mumkin boʻladi. Ishtirokchilar orasida PayPal, Amazon, Mastercard, eMsika, Glovo, Uzum, UPAY va boshqa mahalliy va xalqaro kompaniyalar vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari, AQSH, Xitoy, Hindiston, BAA, Ukraina, Turkiya, Moldova, Chili, Zambiya va boshqalar boʻladi.
Sessiyalar 15:00 dan 17:30 gacha (Toshkent vaqti bilan) boʻlib oʻtadi. Tadbir oʻzbek, ingliz, rus va xitoy tillarida oʻtkaziladi.
Konferensiyaga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://tinyurl.com/4h32tu62.
Tadbir haqida batafsil: https://tinyurl.com/y5bd4uhv.
2023-03-17