30 aprel kuni soat 16:00 da Gyote institutida IT Park, Gyote Instituti va Payme kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan GameDev Goethe (GDG) uchinchi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
GDG O‘zbekistondagi ilk o‘yinlarni rivojlantirish inkubatoridir. Dastlabki ikki mavsumda loyiha ishtirokchilari 30 dan ortiq o‘yin yaratdilar va o‘nlab qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar.
Loyiha doirasidagi eng yaxshi o‘yinlar yaratuvchilari Payme’dan uchta Xbox Series S yoki 10 000 000 so‘m miqdoridagi grantlardan birini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tadbir dasturi:
16:00 - "Unity dvijogida o'yin yaratish" mavzusida seminar-trening
18:00 - Inkubatorning ochilishi
18:45 - O'tgan mavsum ishtirokchilarining o'yinlari namoyishi
19:30 - Kofe-break va netvorking
Tadbirda 12 yoshdan yuqori barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Ro’yxatdan o’tish uchun:
https://t.me/MegaSkill_Bot?start=quiz20845
Tadbirda ishtirok etish bepul.
2022-04-25