IT Events: Taʼlim va texnologiyalar olamidagi voqealar boʻyicha qoʻllanma

Kelgusi haftani qanday qiziqarli va foydali oʻtkazishni bilmayapsizmi? Unda bizning dolzarb oʻquv dasturlari, tadbirlar va konkurslar tanlovini oʻqing va soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻling!

Taʼlim va amaliyotlar

  1. Vention tomonidan taqdim etilayotgan QA amaliyot dasturini oʻtang va kompaniya xodimi boʻlish imkoniyatiga ega boʻling. Tafsilotlar
  2. Avtomatlashtirilgan sinovdan oʻtkazish asoslari boʻyicha 2 oylik bepul amaliyot uchun ariza topshiring. Tafsilotlar
  3. Texnik mutaxassisliklar talabalari, Qulix taqdim etayotgan .NET Coreʼda dasturlash kursiga yozilishga shoshiling. Tafsilotlar

Konkurslar

  1. IT sohasida qanday muvaffaqiyatga erishganingiz haqida gapirib bering va beshta qimmatbaho sovrinlardan birining egasiga aylaning. Tafsilotlar
  2. Uzbekcoders.uz platformasida iloji boricha koʻproq kurslarni tugating va noutbukka ega boʻling. Tafsilotlar
  3. “Oʻzbekistonning eng aqlli IT-kompaniyasi” unvoni uchun kurashmoqchimisiz? Unda Business Quiz IT konkursida qatnashish uchun ariza topshirishga shoshiling. Tafsilotlar
  4. Sovrin jamgʻarmasi $100,000 boʻlgan mGovAward tanlovining uchinchi toʻlqiniga ariza topshirishga ulgurib qoling. Tafsilotlar
  5. Koʻpdan buyon oʻz oʻyin loyihalaringizni ekspertlarga taqdim etishni orzu qilasizmi? Unda sizda IT Park va WePlay VC tomonidan tashkil etilgan Indie Games Demo Day ishtirokchisi boʻlish imkoniyati mavjud. Tafsilotlar

2023-09-22