IT mutaxassislari uchun onlayn marafon

IT Park rezidenti “AMEGA ITS” MCHJ “Business Intelligence Qlik” yo‘nalishidagi dasturiy ta’minot vendori bilan birgalikda Toshkentda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida onlayn o‘quv marafonini tashkil qiladi.

Oʻquv dasturida ishtirok etish uchun IT-kompaniyalar tomonidan ham, davlat va tijorat tashkilotlari tomonidan ham barcha darajadagi va yoʻnalishdagi rahbarlar, IT mutaxassislari taklif etiladi.

Marafon 1–17-kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻquv dasturi 12 ta moduldan iborat boʻladi. Marafon ishtirokchilarini nazariya, amaliyot va real tatbiq holatlari kutmoqda.

Mashg‘ulotlar rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. Ishtirok etish barcha uchun bepul. Onlayn kursga quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz va marafon dasturi haqida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin:

https://dataroad.uz/ru#abouthttps://dataroad.uz/ru#about

Barcha amaliy topshiriqlarni bajarib, ularni tekshirishga yuborgan ishtirokchilarga dastur yakunida marafonni tamomlaganlik sertifikati topshiriladi.

Arizalar 28-fevral soat 15:00 gacha qabul qilinadi. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

2023-02-15