IT Park “Digital Almaty 2024” forumida: IT va BPO'ni rivojlantirish bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashish

2024-yilning 1-3-fevral kunlari vazirning birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiya “Digital Almaty 2024” forumida faol ishtirok etib, mamlakatni raqamlashtirish va umuman IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Forum doirasida IT Park Uzbekistan vakillari “SURETTER SOFTWARE”, “GROWTH VISION PRO”, “LEGAL CONSULTING COMMUNITY” va “TUSPARK BIZNES INCUBATOR”, “INFOPARK”, “TECH GARDEN” kabi yetakchi kompaniyalar mutaxassislari bilan muzokaralar olib borishdi. Muhokamalarda vakolatxonalar ochish va IT Park rezidentligini olish imkoniyatlari, shuningdek, qoʻshma loyihalar va hamkorlikni rivojlantirish masalalari qamrab olindi.

Ko‘rgazma davomida IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov O‘zbekistonning IT-autsorsing sanoatidagi muhim o‘yinchi sifatidagi rolini alohida ta’kidladi. U tashkilotning mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini ta’kidlab, ajoyib yutuqlar va istiqboldagi ulkan rejalarni taqdim etdi.

O‘zbekistonning zamonaviy qiyinchiliklarga tayyor bo‘lgan salohiyatli va ko‘p tillarni biladigan ishchi kuchi e’tirof etildi. Statistik ma’lumotlar ushbu bayonotni tasdiqlaydi: 36,6 milliondan ortiq aholi, 60% aholi 30 yoshdan kichik, savodxonlik darajasi yuqori va har yili 25 000 dan ortiq IT-fakultetlar bitiruvchilari.

2023-yil oxiriga kelib rezidentlar soni 1 652 taga, shu bilan birga xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni 426 taga, xizmatlar hajmi esa 12,5 trln so‘mgacha ko‘paygani alohida ta’kidlandi. Hududlardagi kompaniyalar soni 523 taga yetdi, bu esa yana bir bor hududlarda IT sohasini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishdan dalolat beradi.

Nutqning asosiy mavzularidan biri IT-xizmatlar eksportining jadal rivojlanishi bo‘lib, eksport hajmi 2023-yil yakuniga ko‘ra $334 millionga yetdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 237 foizga yuqori. Bu O‘zbekiston IT-sektorining xalqaro raqobatbardoshligi va salohiyatining yaqqol tasdig‘idir. Shuningdek, Farhod Ibragimov global hamkorlik haqida so‘z yuritar ekan, “Silkroad Innovation Hub” tashabbusiga e’tibor qaratdi.

“Silkroad Innovation Hub” — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyalik tadbirkorlar uchun AQSh’ning Silikon vodiysidagi vakolatxona. U Qozog‘iston va O‘zbekistonlik hamyurtlarimiz tomonidan yuqori texnologiyali loyihalarni rivojlantirish va ularning xalqaro bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish maqsadida ochilgan. Markazda 40 ta startap faoliyat yuritadi va mintaqa imidjini mustahkamlash va yaxshilashga qaratilgan 100 dan ortiq tadbirlarni o‘tkazildi.

IT Park Uzbekistan “Silkroad Innovation Hub” bilan hamkorlikni davom ettirmoqda va AQSh bozoriga chiqish orqali IT eksportini oshirishga qaratilgan, jumladan treninglar, amaliy tajriba orttirish va salohiyatli mijozlar, hamkorlar va investorlar bilan aloqalar o‘rnatish uchun sayohatlarni o‘z ichiga olgan “Uzbekistan Global IT Champions” dasturini ishga tushirmoqda.

Nutqning asosiy mavzularidan biri IT-xizmatlar eksportining jadal rivojlanishi bo‘lib, eksport hajmi 2023-yil yakuniga ko‘ra $334 millionga yetdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 237 foizga yuqori. Bu O‘zbekiston IT-sektorining xalqaro raqobatbardoshligi va salohiyatining yaqqol tasdig‘idir.

Shuningdek, Farhod Ibragimov global hamkorlik haqida so‘z yuritar ekan, “Silkroad Innovation Hub” tashabbusiga e’tibor qaratdi.

Farhod Zairovich, shuningdek, xorijiy kompaniyalar va investorlarni jalb qilish hamda mahalliy tadbirkorlarning oz xizmatlarini tashqi bozorlarga eksport qilish ulushini kopaytirishga bolgan qiziqishini oshirish boyicha rejalar va yangi dasturlar bilan ortoqlashdi. Xususan, u quyidagilarni ta’kidladi:

Soliq imtiyozlari

IT Park rezidenti maqomi barcha turdagi korporativ soliqlardan to‘liq ozod qilishni ta’minlaydi. Misol uchun, norezidentlar korporativ soliqni 4-12% oralig‘ida to‘laydilar, rezidentlar esa bu majburiyatdan butunlay ozod qilingan. Norezidentlar uchun ijtimoiy soliq 12%, rezidentlar uchun esa — 0%. Norezidentlar uchun daromad solig‘i 12% ni tashkil qiladi, rezidentlar uchun esa 7,5% miqdorida belgilangan. Norezidentlar xizmatlar importi uchun QQS to‘lashlari shart, rezidentlar esa ushbu soliq majburiyatidan ozod qilingan.

Qayd etish joizki, har yili o‘tkaziladigan “IT Park: Achievements & Vision” tadbirida barcha IT va BPO-kompaniyalari uchun ushbu soliq imtiyozlari, kompaniyaning eksport hajmi taqdim etiladigan xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, 2040-yilgacha uzaytirilishi e’lon qilindi.

“Regional Headquarters” dasturi

Yangi “Regional Headquarters” dasturi ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurituvchi va xizmatlar eksporti hajmi 50% dan ortiq bo‘lgan xalqaro xizmat ko‘rsatish kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Dastur O‘zbekistonda mahalliy IT-mutaxassislar bilan chuqur hamkorlikni ta’minlovchi hududiy vakolatxonalarni tashkil etish uchun subsidiyalarni o‘z ichiga oladi.

Farhod Zairovich O‘zbekiston o‘zining global miqyosdagi ishtirokini faol ravishda kengaytirib, mamlakatni xorijiy investorlar va hamkorlar uchun jozibador maskanga aylantirayotganini ta’kidladi. Ushbu omillarning barchasi birgalikda O‘zbekistonda IT-sohasining yanada yuksalishi va rivojlanishi uchun noyob muhit yaratadi.

2024-02-06