IT Park Futsal Cup 2023 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

25-oktabr kuni “ICTWEEK UZBEKISTAN 2023” haftaligi doirasida rezident kompaniyalar oʻrtasida futzal boʻyicha IT Park kubogi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Turnir nafaqat sport tadbiri, balki IT Park rezidentlarini norasmiy sharoitda birlashtirish uchun noyob imkoniyat boʻldi.

“IT Park Futsal Cup 2023” bir oydan sal koʻproq davom etdi, unda 32 ta jamoa ishtirok etdi va finalda NEXTIN jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etgan UZUM TEAM jamoasi gʻolib boʻldi.

IT Park jamoasi turnir davomida faqat yarim finalda chempion jamoaga yutqazib, uchinchi oʻrinni egalladi.

Bugun jamoaviy mukofotlardan tashqari, individual mukofotlar ham topshirildi. Turnirning eng yaxshi toʻpurari Adham Ubaydullaev, eng yaxshi darvozabon Abduqahhor Abdumansurov, chempionatning eng yaxshi oʻyinchisi deb Denis Serebryakov eʼtirof etildi. Ularga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

2023-10-25