IT Park rezidenti CAD CORPORATE CUP kibersport turnirida gʻalaba qozondi

3-sentabr kuni Yoshlar ishlari agentligi sahnasida CS:GO kompyuter oʻyini boʻyicha CAD CORPORATE CUP kibersport turnirining finali bosqichi boʻlib oʻtdi. Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 18 mln soʻmni tashkil etdi.

Turnirda Oʻzbekistonning Uztelecom, Beeline, Humans, Enter Engineering, Mobiuz, Korzinka, Agrobank, Artel, Atmos va boshqa yirik kompaniyalari vakillaridan iborat 32 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga koʻra, IT Park rezidenti boʻlgan G-Core Toshkent jamoasi gʻalaba qozondi va kubok hamda 10 million soʻm sovrinni qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni Uztelecom va Enter Engineering jamoalari egallab, 5 va 3 million soʻmlik mukofotlarga sazovor boʻldi.

Rezidentlarimizni gʻalaba bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

2023-09-05