IT Park rezidentlari stol tennisi turnirida ishtirok etishga taklif qilinadi

IT Park - O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi bilan hamkorlikda rezidentlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha chempionat o‘tkazadi.

Ushbu turnir oʻz mahoratingizni namoyish etish, hamkasblar bilan uchrashish va qulay muhitda yangi doʻstona aloqalar oʻrnatish uchun imkoniyatidir.

Musobaqa formati yakkalik bahslari va jamoaviy musobaqani oʻz ichiga oladi. Jamoalar 4 nafar ishtirokchidan iborat boʻlishi kerak.

Turnir noyabr oyida Stol tennisi federatsiyasida boʻlib oʻtadi, aniq sana haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Arizalar qabuli 1-noyabrgacha quyidagi havola orqali davom etadi: https://clck.ru/367Ydu

Turnirning boshlanish sanasi: 18-noyabr.

2023-10-18