IT Park Sabah.lab bilan hamkorlik Memorandumini imzoladi

6-dekabr kuni IT Parkʼda Ozarbayjonning Sabah.lab akseleratsiya markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv maqsadi hamkorlik Memorandumini imzolashdan iborat. Hujjatga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjonda startap ekotizimini rivojlantirishni, shuningdek, startaplarning ikki respublika bozorlarida kengayishiga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Memorandum imzolanishi munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvda IT Park tomonidan direktor Farhod Ibragimov, IT Park direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Rajabov, xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Amaliya Ergasheva qatnashdilar, “Sabah.lab” tomonidan esa – direktor Raxim Bayramli, Operatsion direktori Adil Gasimov va marketing boʻyicha direktor Rahul D'Mello qatnashdilar.

Memorandumni imzolash jarayonida tomonlar vakillari rejalashtirilgan hamkorlikning muhimligini ta’kidlab, hamkorlik sohalari va potensial loyihalarni muhokama qildilar.

“Sabah.lab” – bu yosh tadbirkorlar va soha mutaxassislarining noyob oʻquv dasturlari va barqaror ekotizimlari orqali iqtisodiyotning turli sohalarida dastlabki bosqichdagi kompaniyalarni yaratish va rivojlantirishga qaratilgan startap akseleratsiya markazi.

2022-12-06