IT Park Uzbekistan “The Nexus24” bilan hamkorlik qilib, O‘zbekistonning texnologik landshaftini namoyish etdi

“The Nexus” nomi bilan tanilgan autsorsing sohasidagi muhim tadbir yaqinda koʻplab asosiy oʻyinchilarning eʼtiborini tortdi. Tadbir hamkorlaridan biri sifatida IT Park Uzbekistan oʻzining faol ishtiroki tufayli mamlakatning jahon sahnasidagi mavqeyini sezilarli darajada oshirdi.

“Nexus24” — AQShdagi yirik konferensiya boʻlib, tajriba almashish, yangi bilimlarga ega boʻlish, shuningdek, netvorking va biznes imkoniyatlarini yaratish uchun platforma vazifasini bajaradi. Konferensiya texnologiyalar va IT-xizmatlar, mijozlar tajribasini boshqarish, autsorsing, konsalting va boshqa sohalardagi sanoat rahbarlarini jalb qiladi.

“Nexus” autsorsing sohasidagi yetakchi mutaxassislar va kompaniyalarni jalb qilish qobiliyati bilan mashhur. Bu yil ham bundan mustasno bo‘lmadi: ishtirokchilar muhim biznes aloqalarini oʻrnatib, zamonaviy texnologiyalarni yaratish boʻyicha yangi hamkorlikka kelishib oldilar. “Nexus” biznes vakillari uchun eng soʻnggi tendensiyalarni oʻrganish va qimmatli qayta koʻrib chiqish tajribasiga ega boʻlish uchun ajoyib platformani taqdim etadi. 

IT Park bosh direktori maslahatchisi Ahmed Abulezz va Shimoliy Amerika boʻlimi rahbari Sultonmurod Rasulovlardan iborat IT Park Uzbekistan vakillari tadbirda faol ishtirok etib, koʻplab samarali uchrashuv va muzokaralar olib borishdi.

Ayniqsa, “Response BPO”, “Inetum Digital Services”, “Continuum Global Solutions” va “DataArt” kompaniyalari vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar Shimoliy Amerikaning Oʻzbekiston bozori va mamlakatda autsorsing kompaniyalari uchun yaratilgan imkoniyatlarga boʻlgan ulkan qiziqishini namoyish etdi. Mazkur uchrashuvlar mintaqamizga bildirilayotgan katta qiziqishdan dalolat beradi va Oʻzbekistonda autsorsing sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Barcha qatnashchilar joriy yilning 24-iyul kuni boʻlib oʻtadigan “Global Business Services Forum” tadbiriga taklif qilindi.

Tadbir yakunlari boʻyicha IT Park Uzbekistan muhim ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatdi hamda oʻzining xalqaro miqyosdagi taniqliligini oshirdi. Umuman olganda, IT Park Uzbekistan vakillarining “Nexus” tadbiridagi ishtiroki Oʻzbekistonning Shimoliy Amerika mintaqasidagi autsorsing va IT-innovatsiyalar uchun jozibador markaz sifatida mavqeyini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

2024-06-15