Koreyaning Hoca Inc. kompaniyasi Andijon shahrida ofis ochishni rejalashtirmoqda

25-oktabr kuni IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov “Hoca Inc.” kompaniyasi bosh direktori Park Xyon Jun bilan uchrashdi.

Hoca Inc. ICTWEEK doirasida IT Park rezidenti bo‘lishga va Andijon shahrida ofis ochishga qaror qildi, bu esa birinchi yilda mahalliy mutaxassislarni jalb etish va 50 dan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda. Kompaniya rahbari “Zero Risk” xizmatini olishga ham qiziqish bildirdi.

Hozirda kompaniya IT Park rezidentligi uchun ariza topshirmoqda. Shuningdek, IT Park kompaniyaga Andijon va Toshkent viloyatida 11 nafar dasturlash boʻyicha mutaxassislarni topishda yordam berdi.

“Hoca Inc.” — Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchi kompaniya. Ayni paytda kompaniyada 35 nafar xodim ish bilan taʼminlangan va masofadan turib frilanser sifatida ishlaydigan 14 nafar Oʻzbekiston fuqarosi bilan hamkorlik qiladi.

“Hoca Inc.” faoliyatining asosiy yoʻnalishlari moslashuvchan saytlar va veb-ilovalarni yaratish, shuningdek IOS va Android platformalari uchun dasturlar ishlab chiqishdan iborat.

2023-10-27