NGarde Group rahbari IT Parkʼga tashrif buyurdi

30-may kuni IT Park Uzbekistan bosh ofisiga Singapurning NGarde Group kompaniyasi bosh direktori tashrif buyurdi.

Tashrifning maqsadi – startap ekotizimi va BPO sektoridagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.

Mehmonni Investitsiyalar va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Nigora Mirjalilova va Startap ekotizimini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Jahongir Kagirov, shuningdek, xalqaro hamkorlik va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha maslahatchi Rustam Suleymanov kutib oldilar.

IT Park vakillari tomonidan tashkilot faoliyati va erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Keyin tomonlar O‘zbekistondagi startap ekotizimini va akseleratorlar uchun imkoniyatlarni muhokama qildilar.

NGarde Group bosh direktori O‘zbekiston hududida startap-industriya va BPO sektorini rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Mehmonga respublikaning aksariyat hududlarida mavjud markazlar va IT-xizmatlar eksporti haqida so‘zlab berildi.

Uchrashuv yakunida NGarde Group vakili IT Park Uzbekistan shafeligida faoliyat yuritayotgan startaplar haqida batafsilroq ma’lumot olishni istadi. U ularning mahsulot va xizmatlariga, shuningdek, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosati va soliq imtiyozlari tafsilotlariga qiziqish bildirdi.

Bundan tashqari, u IT Park Uzbekistan tomonidan yaratilgan ekotizimning bir qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan istiqbolli startaplarga sarmoya kiritish imkoniyati bilan qiziqdi va kelgusida hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi. IT Park vakillari NGarde Group uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlaydilar va kompaniya bilan IT-yechimlar sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor.

NGarde Group – bu NGarde Ventures Investments, Tivarian Industries i4.0, RaglanArk Consumer Healthcare, Tellasus Foods kabi venchur kapital va operatsion korxonalarning biznes vertikallari boʻyicha birlashgan taniqli ekspertlar toʻplami.

2023-05-30