Poytaxtda raqamli biznesni rivojlantirish boʻyicha trening boʻlib oʻtdi

24-noyabr kuni soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida raqamli biznesni rivojlantirish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi markazlar uchun bepul trening boʻlib oʻtdi. Tadbir Murabbiylar uchun treninglar dasturi doirasida IT Park tomonidan BMTTD bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi qoshidagi Biznes inkubator va startaplar bilan ishlash markazi rahbari Gʻofurjon Usmonov va IT-tadbirkor Mirazizxoʻja Neʼmatovlar maʼruzachi sifatida soʻzga chiqishdi.

Tadbir oʻzbek tilida oflayn va onlayn formatlarda oʻtkazildi. Treningda 120 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Tinglovchilar Oʻzbekistondagi muvaffaqiyatli IT korxonalari: ularning bozorni zabt etish yoʻli, joriy kapitali va IT-bozorni mamlakat biznesi bilan toʻldirish kabi qator mavzularni qamrab olgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, Oʻzbekistonda IT-biznesni rivojlantirish boʻyicha takliflar va bu boradagi risklarni baholash usullari muhokama qilindi.

Sessiya yakunida IT Park BMTTD bilan birgalikda maʼruzachilarga sovgʻalar topshirishdi.

2023-11-27