Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Government Quality Award mukofoti bilan taqdirlandi

22-noyabr kuni Xalqaro forumlar saroyida “Government Quality Award — Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari samaradorligi mukofoti” bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu mukofot BAA bosh vazirining ofisi koʻmagida Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi va davlat xizmati samaradorligini oshirish maqsadida taʼsis etilgan. U joriy yilda yorqin natijalarga erishgan davlat tashkilotlari va davlat xizmatchilariga topshiriladi.

“Eng yaxshi tashabbus” nominatsiyasi boʻyicha birinchi oʻrinni IT Parkʼni tashkil etgani uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi egalladi. 

“Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi boʻyicha uchinchi oʻrinni IT Park platformasi — “One Million Uzbek Coders” egalladi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi “Strategik maqsadlarni amalga oshirish” nominatsiyasida ikkinchi va “Eng yaxshi vazirlik” nominatsiyasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ushbu mukofotlar jamoamizning birgalikdagi saʼy-harakatlari natijasidir va biz raqamli texnologiyalar sohasida yangi tashabbuslar va strategiyalarni joriy etish orqali jamiyat manfaati yoʻlida xizmat qilishni davom ettirishni oʻz zimmamizga olamiz.

2023-11-22