Ucell Mobile Challenge

Ucell va IT-Park “Ucell mobile challenge 2019” tanlovini eʼlon qiladi!
Tanlovda qatnashish uchun istalgan kishi 2019-yil 13-oktyabrgacha oʻz arizasini yuborish va pul mukofotini yutib olish imkoniyatiga ega!

2019-yil 13-oktyabr kuni esa Toshkent shahrida mobil ilova yaratish maqsadida Ucell va IT-Park tashkil etgan “Ucell mobile challenge 2019” tanlovining saralash bosqichi boʻlib oʻtadi!

Ishtirokchilarga qoʻyilgan vazifalar:

• uyali aloqa operatori uchun noyob loyihani (mobil ilova) ishlab chiqish;

• loyihani uyali aloqa abonentlarining mobil raqamlari bilan bogʻlash;

• loyihani daromad manbaiga aylantirish usulini topish.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha raqobatlashish mumkin:

• Eng yaxshi savdo ilovasi: kafe va restoranlar; savdo vakillari uchun tizim; savdo maydonchasi.

• Mamlakat mehmonlari va fuqarolari uchun eng yaxshi foydali ilova: turizm; taksi

• Fintex sohasidagi eng yaxshi dastur: skoring tizimi; kredit platformasi; pul mablagʻlari va moliyaviy boshqaruvni monitoring qilish va hisobga olish platformasi; neobank; smartfon orqali toʻlov.

Ilovaga qoʻyiladigan umumiy talablar:

• Bir yoki bir nechta biznes muammolarini hal qiladi;

• Boshqa tizimlar bilan oson birlashadi;

• Tez joriy etilishi mumkin;

• Ishga tushirish va ega boʻlish uchun oqilona qiymatga ega;

• Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ishonchli;

• Intuitiv tushunarli interfeys.

Tanlov gʻoliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:

– birinchi oʻrin – 300 mln. soʻm;

– ikkinchi oʻrin – 200 mln. soʻm;

– uchinchi oʻrin – 100 mln. soʻm.

Oʻz arizangizni yuborishga va “Ucell mobile challenge 2019” dasturidan oʻz loyihangizni rivojlantirish uchun koʻmak olishga shoshiling!

* Barcha xohlovchilar oʻz arizalarini quyidagi manzilga yuborishlari mumkin: https://it-park.uz/ru/ucell/ (rus) yoki https://it-park.uz/uz/ucell-ariza/ (uzb)

* Tanlov doirasida taqdim etilgan mahsulotlar Ucell kompaniyasining mulkiga aylanadi

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2019-yil 13-oktyabr