fbpx

“Fin Tech Abu Dhabi” tanlovida Oʻzbekiston jamoasi gʻolib boʻldi!

2019-yil 21-oktyabrdan 23-oktyabrgacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo boʻylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni toʻplagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali boʻlib oʻtdi.

Bu yil IT-Park tomonidan oʻtkazilgan Unbound Tashkent saralash bosqichi tufayli, tanlovda birinchi marta Oʻzbekistonning Nodir Badriddinov boshchiligidagi “Mayasoft Ltd” (toʻlov kartalarining barcha turlaridan toʻlovlarni istalgan usulda – kontakt va kontaktsiz chip yoki magnit tasma orqali qabul qilish imkonini beruvchi PoS mobil terminali) jamoasi ishtirok etdi.

“Mayasoft Ltd” loyihasi nafaqat katta qiziqish bilan kutib olindi, balki “EMERGING MARKETS FINTECH” (rivojlanayotgan Fintex bozori) nominatsiyasi gʻolibi ham boʻldi.

“Bu koʻlami va tashkil etilishi jihatidan taasurotlarga boy tadbirdir, chunki unda dunyoning turli mamlakatlaridagi startap loyihalariga qiziqish bildirgan deyarli barcha tomonlar ishtirok etadi. Tanlovda jami 50 ta loyiha ishtirok etdi. Hakamlar bizni uchta asosiy mezon: yangilik, samaradorlik va taʼsirlilik boʻyicha baholadilar. Biz hali ham gʻalaba qozonganimizdan kuchli hayajondamiz va boʻlgʻusi startap asoschilariga oʻzlariga ishonishlari kerakligini va shunda hammasi yaxshi boʻlishini taʼkidlamoqchimiz!” – dedi, “Mayasoft Ltd” jamoasi sardori Nodir Badriddinov.

Eslatib oʻtamiz, “FinTech Abu Dhabi” xalqaro startap tanlovi moliyaviy texnologiyalar sohasidagi loyihalarni toʻplaydi, finalda esa, 50 ta eng yaxshi jamoa va butun dunyo boʻyicha 5000 dan ortiq sarmoyadorlar va mehmonlar ishtirok etadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: