IT-Park rezidenti maqomini olish uchun ariza berishda koʻp beriladigan 11 ta savol va ularning javoblari

1. Kimlar IT-Park rezidenti boʻlishi mumkin?

Asosiy faoliyat turi (IFUT) quyidagilardan biri boʻlgan Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan har qanday yuridik shaxs IT-Park rezidenti boʻlishi mumkin:

• “Kompyuterda dasturlash, maslahatlar va boshqa tegishli xizmatlar” (62.0);

• “Malumotlarni joylashtirish va qayta ishlash xizmatlari, Web-portallar” (63.1);

• “Dasturiy taʼminot ishlab chiqarish” (58.2);

• “Boshqa toifalarga kiritilmagan taʼlimning boshqa turlari” (85.5) – faqat axborot texnologiyalarini oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha.

Batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin.

2. Chet el kompaniyasi IT-Park rezidenti boʻlishi mumkinmi?

Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs IT-Park rezidenti boʻlishi mumkin, yaʼni xorijiy kompaniya IT-Park rezidenti boʻlishi uchun Oʻzbekistonda yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi kerak.

3. Yakka tartibdagi tadbirkor IT-Park rezidenti boʻlishi mumkinmi?

Yoʻq, mumkin emas, chunki yakka tartibdagi tadbirkor – bu jismoniy shaxsdir (yuridik shaxs tashkil etmagan). IT-Parkning rezidentlari faqat yuridik shaxslar boʻlishi mumkin.

4. Boshqa viloyatda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxs rezident boʻlishi mumkinmi?

Ha, mumkin. Oʻzbekiston hududida davlat roʻyxatidan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, yuridik shaxslar IT-Parkning rezidentlari boʻlishlari mumkin.

5. IT-Park rezidenti degan maqomni olish uchun ariza qanday topshirilishi kerak?

IT-Park rezidenti maqomini olish uchun siz IT-Park Direksiyasiga taʼsis hujjati va biznes-rejani ilova qilgan holda ariza topshirishingiz kerak. Arizani elektron pochta, veb-sayt orqali berish, pochta orqali yuborish yoki IT-Park Direksiyasi ofisiga olib kelib berish mumkin.

6. Arizani koʻrib chiqish va qaror qabul qilish jarayoni uchun qancha vaqt talab qilinadi?

IT-Park Direksiyasi hujjatlarni taqdim etilgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

7. Yuridik shaxsga IFUT kodi boʻyicha berilgan asosiy faoliyat turi ruxsat etilgan faoliyat turlaridan farq qilgan holatda ham IT-Park rezidenti boʻlish mumkinmi?

Yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parkining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga binoan IT-Park rezidenti faqat 1-savolga berilgan javobda eslatib oʻtilgan faoliyat turlarini amalga oshirishlari shart.

8. Nimalar yuridik shaxsni IT-Park rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtkazishda rad javobini berish uchun sabab boʻlishi mumkin?

Rad etish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:

  • Talablarni buzgan holda ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;
    • Arizada va boshqa hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
  • Belgilangan talablarga javob bermaydigan faoliyatni amalga oshirish.

Rad etish uchun asos boʻladigan jihatlar Direksiyani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatiladi.

9. IT-Park rezidenti degan maqomni olish uchun roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgandan keyin ham takroran ariza topshirish mumkinmi?

Ha mumkin. Rad etish sabablari bartaraf etilgan taqdirda. Ariza va boshqa hujjatlarni qayta koʻrib chiqish birinchi marta ariza topshirilgandagi tartibdagi kabi amalga oshiriladi.

10. Biznes rejani tuzish vaqtida nimalarga eʼtibor berish kerak, qanday maslahatlar berasiz?

Biznes-rejada yuridik shaxs haqida, taqdim etilayotgan xizmatlar, loyihalar, asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar, tashkiliy tuzilma haqida toʻliq maʼlumot berilishi va maqsadlar aks ettirilishi kerak.

Biznes-rejada soʻralgan barcha maʼlumotlarni batafsil, ammo loʻnda qilib taqdim etish tavsiya etiladi. Maʼlumotlar muhim, tuzilmaviy, oʻzaro bogʻliq va asosli boʻlishi kerak.

Direksiyaning biznes-rejaga boʻlgan talablari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

11. Arizalarni koʻrib chiqish jarayoni qanday hujjatlarga koʻra tartibga solinadi?

Yuridik shaxslarni IT-Parkning rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori bilan tartibga solinadi.

Yanada batafsilroq maʼlumotni IT-Park veb-saytida yoki + 998 (71) 209-11-99 yoki +998 (99) 810-60-27 telefon raqamlari orqali murojaat qilib, shuningdek, resident@it-park.uz elektron pochtasi orqali olish mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

9 + 12 =

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: