IT-Parkda Sirdaryo viloyatidan tashrif buyurgan talabalar uchun ekskursiya boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning beshta tashabbusining uchinchi tashabbusi doirasida yoshlarning axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish maqsadida, 2020-yil 8-fevral kuni IT-Parkda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sirdaryo filiali talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi.

Talabalar IT-Park faoliyati bilan, shunga muvofiq amalga oshirilgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari bilan, rezidentlik, IT-Akademiya, IT-markazlar, shuningdek koʻp sonli loyihalar, koʻrik-tanlovlar va hakatonlar bilan tanishtirildi.

IT-Park qoshidagi IT-Akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “One million Uzbek Coders” loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi. Mehmonlarga onlayn platformada taʼlim olish darajasi haqida maʼlumot berildi, shuningdek, kurslarni tamomlagan 150 nafar eng yaxshi talabalar axborot texnologiyalari sohasida oʻqishni davom ettirish uchun “Udacity” universiteti tomonidan taqdim etiladigan bepul grantlarni qoʻlga kiritishlari mumkinligi haqida aytildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

three + 17 =

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: