101 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomidan mahrum etildi

Maʼlumki, rezidentlar oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qarori talablariga muvofiq amalga oshirishi hamda IT Park rezidenti faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarishi shart.

2024-yil boshidan buyon 101 ta kompaniya oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun IT Park rezidenti maqomidan mahrum boʻldi.

IT Park rezidentlarining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

- faqat Roʻyxatga muvofiq faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
- har chorakda IT Parkka oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berib turish;
- har yili moliya-xoʻjalik faoliyati auditini oʻtkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Parkka yuborish;
- IT Park bilan rezidentning faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

Shartnoma talablarini buzgan rezidentlar rezident maqomidan mahrum qilinadi, soliq imtiyozlari esa belgilangan tartibda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.

IT Park rezidenti maqomidan mahrum etilgan kompaniyalar roʻyxati:

 

 

2024-05-10