1200 dan ortiq yosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan “EdTech-HUB” yangi o‘quv loyihasi ishga tushirildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va IT Center bilan hamkorlikdagi Buxoro viloyatida axborot texnologiyalarini bepul oʻqitishga ixtisoslashgan "EdTech-HUB" oʻquv loyihasini taqdim etadi. Loyihada Buxoro yoshlari va chet elda ishlashni rejalashtirayotgan Buxoro viloyati aholisi uchun mo‘ljallangan 2 ta’lim dasturidan iborat.

9 oy mobaynida ikkala dastur ishtirokchilari axborot texnologiyalarining turli sohalarida o‘qitiladi.

“EdTech-HUB” loyihasining maqsadi – IT sohasida 700 nafar mutaxassis va 500 nafar frilanserni yetishtirish uchun 1200 nafar Buxoro aholisini axborot texnologiyalariga o‘qitishdan iborat. Loyihani amalga oshirish uchun 800 000 000  so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.

Buxoro viloyati yoshlariga quyidagi yo‘nalishlar doirasida o‘quv kurslari taklif etiladi:

1. Kompyuter savodxonligi

2. Grafik dizayn

3. Front-end dasturlash

4. Backend dasturlash

5. Mobil dasturlash

6. Robototexnika

7. Sun’iy intellekt

8. Axborot xavfsizligi

9. Biznes tahlillari

Ushbu o'quv dasturi “Yoshlar kitobi”ga kiritilgan yoshlar uchun bepul, shuningdek, ish bilan bandlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha ko‘ngilli yoshlarga to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Dastur ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishing: https://forms.gle/9JvxZnMdBJgWASHM6

Shuningdek, “EdTech-HUB” loyihasi kompyuter texnologiyalari yoki kelajak kasblarining rivojlanishi uchun chet elda ishlashni rejalashtirayotgan aholini ham o‘qitishga qaratilgan.

Chet elda ishlashni rejalashtirayotgan Buxoro aholisi uchun kurslarning asosiy yo'nalishlari quyidagilar:

1. Kompyuter savodxonligi

2. Ingliz tili

3. MS ofis dasturlari bilan professional ishlash

4. Grafik dizayn

5. Kompyuter grafikasi va animatsiyasi

6. Axborot xavfsizligi

7. Tizim ma’muriyati

8. Elektron savdo

9. SMM va kopirayting

Kurslarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://forms.gle/ijYyXrLtEZafQ9KUA

Barcha kurslarning o‘quv dasturlari yirik xorijiy ish beruvchilar, shu jumladan Rossiya talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Kurslar mahalliy korxona va yetakchi o‘quv muassasalari mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Loyiha Buxoro shahrida joylashgan 5-maktabda bo‘lib o‘tadi.

Buxoro aholisi, kurslarni ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan birga kelajak kasblarini o‘zlashtirish imkonini boy bermang!

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: +998 71 209 11 99

Sayt: http://bukhara.tech

 

 

2021-05-12