17 yoshli robototexnika mutaxassisi hikoyasi

Bugungi qahramonimiz 17 yoshli Ruziev Asadbek, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan. 225-umumtaʼlim maktabi bituruvchisi.  Xorijda oʻqish uchun bir nechta toʻliq grant asosida taʼlim dasturlari gʻolibi sanaladi. Qahramonimiz oliygohlar orasidan oʻziga eng maʼqulini tanlab, 2023-yilning avgust oyidan Amerika Qoʻshma shtatlarining Arizona Universitetida robototexnika muhandisligi boʻyicha tahsil olishni boshlashini taʼkidladi. 

Asadbek robototexnika bilan 13 yoshidan beri shugʻullanib keladi. Yosh boʻlishiga qaramasdan “BESTARORG” startup kompaniyasini tashkil qilib “Ecobot” startap va robotlar tizimi, “Eyemed” nomli mobil ilovani hamda 4 tilga tarjima qilingan “Adiblar” elektron dasturi kabi startap loyihalariga asos solishga ulgurgan. Qahramonimiz IT Park bilan boʻlgan suhbatda uning sohaga kirib kelishi jamoaviy loyihalari va kelgusidagi rejalari haqida gapirib berdi.

IT sohani tanlashingizga nima turtki boʻldi?

Ushbu sohani tanlashimni sabab shundaki men oʻz yaratgan robot-loyihalarim, tashkil etgan IT kompaniyam va xalqaro robototexnika olimpiadalarida qisqa muddat ichida jaʼmi 20 tasidan $10000 AQSH dollari pul mukofotlatini jamoam va oʻzim qoʻlga kiritganimdan soʻng, men shuni tushunib yetdimki bularning barchasi menga kuchli turtki va motivatsiya boʻldi robototexnika sohasida ishlashni tanladim.

Robototexnika sohasida loyihalarni yaratish va ularni sotish boshida investitsiya va mablagʻ talab qilardi va men ilk loyuhalarimni 13-15 yoshimda yaratgan edim va dadam meni loyihalarimni har doim sponsorlik qilgan va soʻng men loyihalarimdan kelgan pul mukofotlarini va turli texnikalarni (2 televizor, 2 noutbuk, 2 changyutgich, 2 telefon, planshet va boshqa qimmatbaho sovgʻalar) va jamoamiz uchun yutgan qiymati $11200 dollariga teng robototexnika jihozlari, yaʼne Arduino, Lego Mindstorms ev3 va xalqaro musobqalardan yutgan jaʼmi $10000 AQSH dollari pul mukofotlari bilan ota-onamni oʻz ishonchini oqlaganman.

IT boʻyicha qaysi kurslarni tamomlagansiz?

Robototexnika dohasi boʻyicha dastlab “Nasaf Ilm Maskani” oʻquv markazida Shohruh Mirzayev ustozimning 6 oylik robototexnika kurslarini tugatib, IT jamoani tashkil qildim. Ushbu ustozimning ilk darsiga borganimdang soʻng, kechasi bilan keyingi dars uchun tayyorlanib kelardim va shunda qiziqishim oshib borayitganini va har bir Arduino komponentini tushunib, bilimlarim oshib borayotganimni tushunib yetdim va robototexnika sohasi bu mening kelajakdagi soham deb tushundim.

Shu kungacha Xalqaro robototexnika va startup olimpiadalarida jaʼmi $10300 AQSH dollari pul mukofotlarini yutib olganman. Hozirda startup loyihalarimni avvalo takomillashtirib, keyinchalik robotlarni fermerlarga va boshqa biznes egalariga koʻproq sotishni tashkil qilaman. Kompaniyamni va biznesni davomiy qilish uchun esa men tez orada oʻqishimni boshlaydigan universitetim Arizona Statr Universitydan bor bilimlarimni olishdan toʻxtamayman.

Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi universitetlarga qanday qilib garant yutib oldingiz?

Men Amerikaning 4 universitetiga toʻliq 100% grant asosida oʻqishga qabul qilindim. Men qabul universitetlar xalqaro QS reytingida TOP #156 va TOP #15 oʻrinni egallaydi.

Toʻliq grant olgan universitetlarim:

  • Arizona State University (#1 raqamli AQShda innovatsiyalar universiteti, Jahondagi Oʻrni TOP #156),
  • Bard University New York (AQSh da reytingi TOP #76),
  • Illinois Wesleyan University (top #70 AQSh universiteti),
  • Vin university Vietnam (Amerikaning mashxur IVY Leaguda mavjud va Jahon Rank Top-15: Pennsylvania va Cornell hamkor universiteti)

2022 -yil yozida men Vetnamdagi Vin universitetiga qabul qilindim. Ushbu taʼlim muassasasi Amerikaning IVY league universitetlari bilan — Kornell universiteti va Pensilvaniya universiteti (UPenn) bilan hamkorlik qiladi. VinUni — da fanlararo muhandislik va tibbiyot dasturi Cornell va Pennsylvania (Global Rank Top-15)bilan tashkil etilgan.

Men, shuningdek, Vin universitetida 4 yil davomida oʻzimning toʻliq moliyaviy ehtiyojlarimni qondiradigan deyarli toʻliq grant oldim. Ushbu grant umumiy $102000 qiymatiga teng.

Talaba sifatida Vin universitetida men [3+2] Cornell-VinUniversity yoki UPenn-VinUniversity da tahsil olib dunyoning TOP 15 oʻrinda turuvchi va Ilon Musk ham bakalvr darajasini olgan universitet — University of Pennsylvania da bakalavr diplomini olar edim.

Bundan tashqari “El Yurt Umidi jamgʻarmasi” 100% grant oldim, bu mening Arizona State University da taʼlimimning, uy-joy, ovqatlanish, sayohat va stipendiyalarning toʻliq 100% xarajatlarini qoplaydi. Arizona State University Amerikaning barcha 4000 ta oliygohlar oʻrtasida innovatsiya boʻyicha 1 oʻrinni egallaydi.

2022 yil noyabr oyida New York da joylashgan Bard College meni qabul qilish toʻgʻrisidagi arizasini oʻqib boʻlgach, darhol oʻqishga qabul qildi. Shuningdek, nen oʻqish va toʻlovlarning toʻliq narxini qoplaydigan toʻliq 4 yillik 100% grant yutib oldim.

2023 yil fevral oyida men Illinois Wesleyan University oʻquv toʻlovlarining barcha xarajatlarini qoplaydigan toʻliq grant asosida qabul qilindim. Kompyuter fanlari va Fizika boʻyicha 4 yillik bakalavr darajasini oʻqishim uchun toʻliq 100% grant oldim.

Prezident bilan uchrashuv

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich bilan 2021-yil uchrashganimda, men yaratgan loyihalarim va ajoyib jamoam mavjudligidan faxrlanib, xursand boʻlgandilar. Bundan tashqari Harvard universiteti bitiruvchisi va taniqli tadbirkor Nejmettin Bilal Erdogʻan jamoam bilan ham uchrashgan. Jamoamiz bilan yaratgan Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ajdodlarimizni asarlari va shʼeriy toʻplamlari mavjud “ADIBLAR” ilovasi butun dunyo boʻylab oʻz foydalanuvchilariga ega boʻlib kelmoqda.

Keyingi rejalar maqsadlar va sohadagi oʻzgarishlar haqida fikringiz

Kelgusida robotlarni ishlab chiqishda va ularni takkomillashtirib Oʻzbekistonda BESTARORG IT va robototexnika kompaniyasi loyihalarida ishlashda davom ettirmoqchiman..

Mening taʼlimim nafaqat oʻzim uchun, balki jamiyatim va mamlakatimni yaxshilash uchun hamdir. Kodma-kod Oʻzbekistonni rivojlantirishda hissamni yangi kodlar va yangi yoʻnalishlar orqali amalga oshirmoqchiman.

Asadbek oʻzining misolida ishtiyoqi boʻlgan har qanday inson IT mutaxassisi boʻlishi mumkinligini koʻrsatib bermoqda. Asosiysi — intilish, mehnat qilish va oʻrganishga boʻlgan qiziqishdir. IT-markazlar esa ushbu maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi. Balki ruknimizning keyingi qahramoni siz boʻlarsiz?

2023-03-13