2 ta oʻzbek startaplari “Silkway Accelerator” dasturi doirasida “Google for Startups” mentorlari bilan oʻz mahsulotlarini ishlab chiqishadi

Oʻzbekistonning ikki startapi “Silkway Accelerator” dasturining beshinchi toʻlqini ishtirokchisiga aylandi. 1-iyuldan boshlab ishtirokchilarni 12 hafta davom etadigan intensiv oʻquv va rivojlanish dasturi kutmoqda.

“Silkway Accelerator” — startaplar akseleratsiyasi va Markaziy Osiyodagi yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yillik dastur hisoblanadi. Tadbir netvorking, oʻz startapingizni moliyalashtirish va biznes hamkorlar yoki investorlarni topish imkoniyatini taqdim etadi.

“Silkway Accelerator” dasturining beshinchi toʻlqinidagi 15 ta ishtirokchisi orasida ikkita oʻzbek startaplari – “Al-Chiroq va “UYSOT” loyihalari bor. “UYSOT” — bu koʻchmas mulk bozori uchun maxsus yaratilgan raqamli ekotizim. Loyiha bozor va CRM tizimini brokerlar va xaridorlar uchun barcha kerakli maʼlumotlar bilan birlashtiradi. “Al-Chiroq” mobil operatorlar uchun samarali raqamli yechim hisoblanadi. Dasturning maqsadi — foydalanuvchilarga bonuslar bilan qulay sodiqlik tizimini taklif qilish orqali mobil operatorlarning muntazam bildirishnomalarini almashtirish boʻlib, bu ularning operatorlar takliflariga qiziqishini oshiradi. Ular jadal rivojlanishga qaratilgan intensiv dasturlardan oʻtishlari kerak. Dastur 1-iyul kunidan boshlanishi rejalashtirilgan va sentyabr oyi oxirigacha davom etadi. Butun davr mobaynida ishtirokchilar muntazam seminarlar, biznes-maslahatchilar bilan uchrashuvlar va mahorat darslaridan bahramand boʻlishadi. 

Dastur yakunida ishtirokchilar “Google for Startups” tajribali mentorlari rahbarligida samarali biznes modellarini yaratish, oʻz loyihalarini kengaytirish, investorlarni jalb qilish usullarini oʻrgangan holda barqaror oʻsish yoʻliga oʻtishadi.

Ilgari Oʻzbekistonlik startaplar “Silkway Accelerator” dasturida ishtirok etishgan.

2022-yilda barcha oʻzbek startaplari orasidan faqat avlo.shop dasturga saralashdan oʻtishga muvaffaq boʻldi. Avlo.shop — bu SaaS elektron tijorat platformasi boʻlib, u bir necha marta bosish orqali onlayn-doʻkonlar yaratish jarayonini osonlashtiradi.

2023-yili dasturda “Tass Vision” va “Billz” loyihalari ishtirok etishdi. Chakana savdo doʻkonlari uchun maʼlumotlar yigʻish va tahlil qilishga ixtisoslashgan B2B SaaS aqlli xavfsizlik platformasi hisoblangan “Tass Vision” oʻzining MRR qiymatini 24 000 dollardan 35 000 dollargacha oshirdi. Kompaniya Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya bozorlarida ham oʻz faoliyatini kengaytirdi va missiyasini yangiladi. 

“Billz”, kichik va oʻrta biznesga moʻljallangan va POS, zaxiralar boshqaruvi, CRM, analitika, elektron tijorat va moliyaviy vositalarni oʻz ichiga olgan chakana savdoni boshqarish platformasi ham Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston bozorlariga kirib keldi. 

Dildora Atajanova “Dalatek” loyihasi bilan “Silkway Accelerator” toʻrtinchi toʻlqini ishtirokchisiga aylandi. “Dalatek” “Amazon” kompaniyasining analogies aylandi, biroq meva va sabzavotlar uchun. Dasturdagi ishtiroki yakunlari boʻyicha “Dalatek” loyihasi 400 doʻkon va 20 restoranlar bilan hamkorlik qila boshladi.

2024-06-25