2025-yil kuzida 267 ta eksport qiluvchi kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini oldi

2025-yilning kuz fasli mamlakatning IT-ekotizimiga yangi ishtirokchilar oqimi eng yuqori bo‘lgan davrlardan biriga aylandi. 1-sentyabrdan 30-noyabrgacha 470 ta kompaniya IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini oldi, ularning 258 tasi Toshkentda va 212 tasi viloyatlarda ro‘yxatdan o‘tgan. Bunday o‘sish mahalliy va xalqaro biznesning O‘zbekistonda texnologik loyihalarni rivojlantirishga bo‘lgan barqaror qiziqishini tasdiqlamoqda.

Yangi ishtirokchilarning asosiy qismini eksportga yo‘naltirilgan kompaniyalar tashkil etdi jami 267 ta, shulardan 158 tasi xorijiy. Ushbu kompaniyalar 2026-yil oxirigacha 70 million dollardan ortiq xizmatlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Xorijiy rezidentlar, shuningdek, 6500 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratishni mo‘ljallamoqda, bu esa yuqori malakali mutaxassislar bandligi bozorini rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shadi.

Kuzda IT Park tarkibiga AQSH, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Iordaniya, Singapur va boshqa mamlakatlardan 158 ta xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar eksport. Geografiya kengayishda davom etmoqda: ta’sischi davlatlar safiga Iordaniya, Indoneziya, Meksika, Lixtenshteyn, Yangi Zelandiya va Norvegiya qo‘shildi.

O‘rtacha har bir kuz oyida IT Park ekotizimiga 90 dan ortiq eksportga yo‘naltirilgan va 50 ga yaqin xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar eksport. Bu esa bozorning xalqaro xizmatlar va global raqobat tomon siljiyotganini ko‘rsatmoqda.

Ayrim mamlakatlardan bo‘lgan qiziqishning o‘sishi ayniqsa sezilarli:

  • Malayziya rezidentlari soni 120%;
  • Turkiyadan 43%;
  • Yaponiyadan 375;
  • AQSHdan sentyabr oyi boshidan beri 32% ga o‘sdi.

Shu bilan birga, BPO va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘z faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirmoqda: ular ta’lim sohasida konsalting, biznes-tahlil xizmatlari, texnik hujjatlar va statistik materiallarni tayyorlashni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa ekotizim ishtirokchilari oddiy xizmatlardan yanada murakkab va ko‘p qirrali yechimlarga o‘tayotganidan dalolat beradi.

IT Park Uzbekistan texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari tufayli rezidentlarni jalb qilishda davom etmoqda.

Kuzgi ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotning shakllanib borayotgan global IT-markaz sifatidagi mavqei mustahkamlanayotganini ko‘rsatmoqda. Eksportchilar va xorijiy kompaniyalar oqimining ortishi xalqaro bozorning mamlakat IT sohasining infratuzilmasi va institutsional qo‘llab-quvvatlashiga bo‘lgan ishonchi oshganini tasdiqlaydi.

2025-12-10