21 ta kompaniya IT Park rezidenti statusidan mahrum etildi 

O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun yaratilgan maxsus soliq rejimi tufayli IT Park rezidentlari soni ortib bormoqda.

Rezidentga aylangan tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan IT Park faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq faoliyat olib borish va IT Park rezidenti faoliyati shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq vazifalarni bajarish majburiyatini oladi.

Nizom talablarini buzgan kompaniyalar rezident statusidan mahrum etiladi, soliq imtiyozlari esa ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlari keyinchalik tiklangan holda bekor qilinadi.

Shunday qilib, 2023-yil 1-may holatiga ko‘ra, IT Park qarori bilan 21 ta kompaniya o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun rezident statusidan mahrum etildi. Statusi bekor qilingan korxonalar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, rezidentlarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini Ro‘yxatga muvofiq amalga oshirish;
  • IT Parkʼga har chorakda o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etish;
  • har yili moliya-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Parkʼga yuborish;
  • rezidentning IT Park bilan faoliyati shartlari to‘g‘risidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda 1304 ta IT-kompaniya IT Park rezidentlari hisoblanadi.

2023-05-08