“500 Georgia” akseleratoriga arizalar qabuli boshlandi!

500 Georgia akseleratorining 4-toʻlqini uchun arizalar qabuli boshlandi.

500 Georgia – bu tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, texnologik ekotizimni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tarmoqlarga ulanish va ishtirok etuvchi jamoalarga investitsiyalarni jalb qilishda yordam berishga mo‘ljallangan, yuzma-yuz va virtual komponentlarni birlashtirgan Gruziyadagi birinchi xalqaro akselerator dasturi.

Dastur Boltiqboʻyi, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va qoʻshni mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekistonning dastlabki bosqichdagi (pre-seed, seed) va MVPʼsi boʻlgan, mentorlik qilishni hamda “500 Global portfolio”ga qoʻshilishni istagan texnologik startaplar uchun moʻljallangan!

Dastur startap asoschilari uchun quyidagilarni taklif qiladi:

  • 12 hafta davomida maxsus mentorlik va individual dastur;
  • tanlangan startaplar uchun aktsiyadorlik investitsiyalarini olish imkoniyati;
  • transchegaraviy ekspansiyaga tayyorgarlik koʻrish uchun xalqaro immersion imkoniyati;
  • 500 Georgia asoschilarining global tarmogʻiga, jamoat tadbirlariga, hamkorlarga va boshqalarga kirish imkoni.

Ishtirok etish uchun arizalar 3-martgacha qabul qilinadi: https://bit.ly/3xm6bVh.

2023-02-22