«Adrenaline Cyber Cup - powered by IT Park» kibersport turniri

O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, Adrenaline Rush, Revotech va ARCRED kibersport tashkiloti hamkorligida 2020-yil 21–31-iyul kunlari O'zbekistonda yirik kibersport musobaqasi bo'lib o'tadi.

Turnir Qozogʻiston Respublikasi serverlarida, FaceIT platformasida to'rt yo'nalishda o'tkaziladi:

1. Counter Strike:Global Offensive 
2. FIFA 20
3. DOTA 2
4. PUBG Mobile

Avval e'lon qilganimizdek, bu safar biz faqat CS:GO va FIFA 20 bilan cheklanib qolmay, DOTA 2 va PUBG Mobile o'yinlarining ommaviyligi va talabgirligini hisobga olgan holda, turnir o'yinlar qatoriga qo'shishga qaror qildik.

CS:GO va DOTA 2 o'yinlari bo3 olimpiya tizimida o'tkaziladi.

FIFA 20 o'yinlari guruhlarga bo'lingan holda va guruh tizimi ishtirokchilar soniga ko'ra aniqlanadi.

O'yinlarni IT Parkning YouTube va Twitch kanallarida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Bu safar turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 129 000 000 so'mni tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi:

Counter Strike:Global Offensive

1. 25 000 000 so'm
2. 15 000 000 so'm
3. 10 000 000 so'm

DOTA 2

1. 20 000 000 so'm
2. 15 000 000 so'm
3. 10 000 000 so'm

FIFA 20

1. 5 000 000 so'm
2. 3 000 000 so'm
3. 2 000 000 so'm

PUBG Mobile

1. 12 000 000 so'm
2. 8 000 000 so'm
3. 4 000 000 so'm

Ta'kidlab o'tish joizki, HyperX CS:GO, DOTA 2 va FIFA 20  o'yinlarining to'rtinchi, beshinchi va oltinchi o'rin sohiblariga markali quloqchinlar sovg'a etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, biz tashkil etgan birinchi turnirda sovrin jamg'armasi 60 000 000 so'mni tashkil etgan edi. 

Bu safar o'yinlar sonini ko'paytirish orqali biz mukofot jamg'armasi miqdorini ham oshirishga qaror qildik.

Mukofotlar g'olib jamoa sardorining debet kartasiga yoki jamoa o'yinchilaridan biriga o'tkaziladi.

Turnirda yuqorida sanab o'tilgan yo'nalishlarda muayyan tajribaga ega istalgan ko'ngilli ishtirok etishi mumkin. Asosiy talab esa, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lish.

Turnirning asosiy o'yinlarini O'zbekiston Respublikasining dunyodagi taniqli kibersport ekspertlari Daniil "DanTheVamp1re", Sultanbek "Allinclusive_heyiamhere", Pavel "IGringoI" Saprykin sharhlab boradi

Eslatma:

IT Park turnirning hamkori bo'lish istagidagi barchani hamkorlikka chorlab qoladi!

Ro'yxatdan o'tish muddati: 19.07.2020y., 23: 59 gacha

Turnir boshlanish vaqti: 21.07.2020y., 11: 00 da

Barcha yo'nalishlar bo'yicha Grand final 31-iyulda bo'lib o'tadi.

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: www.e-sport.uz

2020-07-09