Toshkentda MDH mamlakatlari va Yevropadan Agile-jarayonlar, bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va muhandislik yechimlarini joriy etish hamda rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni birlashtirgan keng ko‘lamli “Agile Scale & Innovation 2025” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
IT Park “EPAM Systems” kompaniyasi vitse-prezidenti Vladi Ruppo, loyihalarni boshqarish bo‘yicha ekspert Dmitriy Ilenkov, “HDTech” texnik direktori Stepan Dudnik, psixologiya fanlari doktori Tohir Bazarov va boshqalar ishtirok etgan tadbirning hamkori sifatida ishtirok etdi. Konferensiyada 250 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:
Konferensiya uchta parallel yo‘nalishda o‘tkazildi. Asosiy zalda ishtirokchilar strategik boshqaruv, transformatsiya va sun’iy intellektni biznes jarayonlariga integratsiya qilishni muhokama qildilar. Shu bilan birga, qo‘shni zalda arxitektura, DevOps, platforma yechimlari va Agile metodologiyalarni yuqori yuklamali tizimlarda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqildi. Vorkshoplar doirasida esa yetakchi mutaxassislar tomonidan interaktiv sessiyalar va mahorat darslari o‘tkazildi.
IT Park ko‘magida o‘tkazilgan “Agile Scale & Innovation 2025” konferensiyasi O‘zbekiston IT-ekotizimini rivojlantirish uchun muhim turtki bo‘ldi. Tadbir Yevropa va MDH mamlakatlaridan kelgan sanoat yetakchilari, ekspertlar va amaliyotchilarni birlashtirib, tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni muhokama qilish va innovatsiyalarni joriy etish uchun imkon yaratdi. IT Park’ning bunday tashabbuslardagi ishtiroki Agile, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi amaliyotlarni kengaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya va muhandislik yechimlari bo‘yicha mintaqaviy markaz sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.
2025-05-19