AKITA: O‘zbek IT-iste’dodlari uchun global imkoniyatlar!

Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston IT-bozoriga va mahalliy iste’dodlarga bo‘lgan qiziqishi izchil ortib bormoqda. Koreys tilini biladigan o‘zbekistonlik IT-mutaxassislariga bo‘lgan talab IT Park Uzbekistan’ga a’zo Koreya kompaniyalari sonining jadal o‘sishi fonida keskin ortib bormoqda, bu esa fuqarolarimiz uchun yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Ushbu talabni qondirish maqsadida Koreya xalqaro sanoat hamkorlik instituti (KIIIC) Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda “AKITA — Academy of Korea IT Alliance” (AKITA) ni tashkil etmoqda. “AKITA” Koreya sanoat universiteti modeli asosida va xalqaro standartlarga muvofiq jahon darajasidagi IT-mutaxassislarni tayyorlash orqali O‘zbekistonda ta’lim innovatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

“AKITA” talabalari haqiqiy loyihalar ustida ishlash va o‘z ko‘nikmalarini amalda mustahkamlash orqali eng so‘nggi texnologiyalar va innovatsion ta’lim muhitidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Koreyaning yetakchi texnologik kompaniyalarini o‘zida birlashtirgan Koreya xalqaro sanoat hamkorlik instituti bilan hamkorlikda “AKITA” talabalarga “ITBizPark” va Koreya bozoridagi boshqa autsorsing kompaniyalarida amaliyot o‘tash va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Ta’lim yo‘nalishlari:

  1. Dasturiy muhandislik (Full-stack, Web-UI, Xavfsizlik)
  2. Simsiz va translatsiya muhandisligi (UX, UI, Web/mobil Backend-dasturlash)
  3. Sun’iy intellekt (Sun’iy intellekt uchun dasturiy ta’minot, katta ma’lumotlar)
  4. Axborot tizimlari va texnologiyalari (IT-Administrator)
  5. Dizayn (Raqamli kontentni loyihalashtiruvchi va yaratuvchi)

“AKITA” akademiyasidagi mashg‘ulotlar Toshkent shahridagi Astrum IT-kampusining zamonaviy o‘quv muassasalarida o‘tkaziladi. Talabalar “AKITA” kampusida o‘qishning dastlabki ikki yilini tamomlagandan so‘ng Koreyaning Yonnam universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘quv rejasiga intensiv koreys tili kurslari ham kiritilgan bo‘lib, bu talabalarga tilni bilishning kasbiy darajasiga erishishni kafolatlaydi.

“AKITA” stipendiyalar olish uchun turli imkoniyatlarni taklif qiladi, jumladan, a’lochi talabalar uchun o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Qabul jarayoni akademik yutuqlar va IT sohasiga bo‘lgan qiziqish asosida amalga oshiriladi. Qiziqqan talabalar www.akita.uz veb-sayti orqali ariza topshirishlari mumkin.

Bitiruvchi Koreya Software Association (KOSA) tomonidan taqdim etiladigan IT -ta'lim dasturini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatga ega bo'ladilar.

Bitiruvchilar dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar va turli tarmoqlardagi raqamli transformatsiya sohasida ishlashga puxta tayyorlanadi.

Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning inson kapitalini Koreyada autsorsingga tayyorlash, IT va xizmatlar eksporti hajmini sezilarli darajada oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Mazkur hamkorlik ikki mamlakat uchun ham o'zaro manfaatli o'sish va innovatsiyalarga xizmat qiladi.

“AKITA” O‘zbekistonning global IT-xab sifatida shakllanishida asosiy rol o‘ynashga tayyor.

2024-07-16