14-iyul kuni Inha universitetida “Karyera va oila o‘rtasidagi muvozanat/Psixologik immunitetni oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan AKT sohasida faoliyat yuritayotgan ayol-qizlar uchun tashkil etildi.
Trening ikki qismga bo‘lindi. Ma’ruza qismida ishtirokchilar psixolog, tibbiyot fanlari nomzodi Abdumajidova Dildora Rahmatullaevna bilan birgalikda muammolarni o‘rganib, ishdagi muvaffaqiyatsizliklar, oiladagi charchash sabablarini aniqladilar. Bundan tashqari, ma’ruza davomida ham karyerada, ham oilada muvaffaqiyatga erishilgan holatlar tahlil qilinib, ish va shaxsiy hayot orasida muvozanatni saqlash uchun mumkin bo‘lgan yechimlar muhokama qilindi.
Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar interaktiv mashqlarni bajardilar.
Jamoaviy, interfaol mashg‘ulotlar tufayli ishtirokchilar o‘z bilimlarini mustahkamlash, tajriba almashish va o‘zaro fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir so‘ngida esa o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
2022-07-16