“Alibaba GET Global Challenge 2020” tanlovi Oʻzbekistonlik finalchilari aniqlandi! 

“Alibaba GET Global Challenge 2020” tanlovi China Campus Network (Alibaba GETʼning Oʻzbekistondagi vakili), Startap-tashabbuslari, BMTTD Accelerator Lab va Oʻzbekiston yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda IT Park tomonidan eʼlon qilingan.

Eslatib oʻtamiz, “Alibaba GET Global Challenge 2020” — bu Alibaba tomonidan butun dunyo yoshlari uchun pandemiya oqibatlarini yengillatish va kundalik hayotning barcha sohalarida yordam koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan tanlov.

Tanlov maqsadi — yangi biznes-paradigmaning ijobiy taʼsiri bilan boʻlishish, inklyuziv rivojlanishga koʻmaklashish, yoshlar va tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va ruhlantirish, shuningdek, tashkilotlar, tarmoqlar va jamiyatlarning raqamli transformatsiyasini ragʻbatlantirish.

Xalqaro tanlovning bosh mukofoti 100 000 yuan (~14,000$) hamda raqamli iqtisodiyot markazi — Alibaba shtab-kvartirasiga tashrif buyurish va Alibaba GET Talent Bankʼka kirish imkoniyati! Tanlovning barcha ishtirokchilari uchun biznesni rivojlantirishga doir trening va seminarlar oʻtkaziladi.


Natijalar shuni koʻrsatadiki, tanlovda ishtirok etish maqsadida butun Oʻzbekiston boʻylab 109 ta ariza qabul qilingan. Saralash yakuniga koʻra, 3 ta loyiha final bosqichga oʻtdi, ular:

-Coozin
Coozin asosiy maqsadi Oʻzbekistondagi mavjud ishsiz va muhtoj ayollarga yordam koʻrsatishga qaratilgan. Coozin ayollar bandligini sezilarli oshirish, shuningdek, “boquvchisini yoʻqotgan” xotin-qizlarga yordam berishni xohlaydi;

-modme
Modme — bu b2b platformasi boʻlib, oʻquv muassasalariga bir vaqtning oʻzida ham onlayn, ham oflayn ishlashiga yordam beruvchi aralash taʼlimni tashkil etishda koʻmaklashadi.

-OSTO
OSTO — Oʻzbekistondagi kosmetik va xonadon tavarlari, urfdagi va zamonaviy kiyim-kechaklarga ixtisoslashgan chakana savdo doʻkonlari savdo-sotiq maydonchasi. OSTO mijozlar uchun eng yaxshi koʻrinishga ega, hamda sifatli tajribani taqdim etadi.


Finalchilar loyihalari taqdimoti 2020 yil 25 avgust kuni oʻtkaziladi. 

 

2020-08-24