“AloqaTech Lab” korporativ akseleratoriga arizalar qabuli davom etmoqda

Startap loyihalari uchun AloqaTech Lab korporativ akseleratoriga arizalar 28-aprelga qadar qabul qilinadi.

Akselerator IT Park, “Aloqabank” tijorat banki va “Aloqaventures” venchur fondi tomonidan ishga tushirilgan.

AloqaTech Lab uch oylik korporativ akselerator bo‘lib, u mutaxassislar ko‘magi, shuningdek, loyihalarni ishga tushirish uchun texnik, moliyaviy va marketing qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Akseleratsiya dasturida startap g‘oyasiga ega boshlang‘ich jamoalar ham, ishlab chiqilgan biznes modeli va MVPga ega bo‘lgan tajribali jamoalar birdek ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun quyidagi yo‘nalishlar taklif qilinadi: moliyaviy texnologiyalar (FinTech), elektron tijorat va bozorlar (eCommerce), bulutli texnologiyalar (CloudTech), sun’iy intellekt (AI).

Akseleratsiya dasturida startap-loyihalarning virtual ishtiroki formati, ya’ni  barcha ko'mak va maslahatlarni onlayn tarzda olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Ushbu format, ayniqsa, respublikaning turli hududlaridan tashkil topgan jamoalar uchun manfaatli.

Har bir startap loyihaga oz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

Ishlab chiqarish

• Startap-loyihani ishga tushirish uchun zarur texnik infratuzilma (virtual serverlar, Internet va h.k.);

•Bankning raqamli mahsulotlari va to‘lov tizimlari bilan integratsiya;

• zamonaviy ofis xonalari bilan taminlash;

Marketing

•Bozorda marketing va PR yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan “Aloqabank” tijorat bankining korporativ mijozlari o‘rtasida faol taqdim etish;

•Marketing kampaniyalarini rejalashtirish va o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar hamda UI/UX boyicha ekspertlar maslahati;

•A/B testlash bo‘yicha maslahatlar;

• Malakali mutaxassislardan tajriba olish imkoniyati;

•Startap loyihasini tayyor holga keltirish;

•Muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan ishlash, biznes tadbirlariga kirish;

Ta’lim

•Startap loyihasi uchun mentorlar va trekerlarni tanlash;

• Treninglar va malaka oshirish kurslari; haftalik ekspert sessiyalari;

Moliyaviy

•Biznes reja muvaffaqiyatli himoya qilingan taqdirda startap loyihasini rivojlantirishning birinchi bosqichida 50 ming AQSh dollarigacha moliyaviy ko‘mak;

• startap loyihasini rivojlantirishning keyingi bosqichlarida xorijiy venchur fondlari bilan aloqalarni o‘rnatish;

•Moliyaviy va yuridik maslahat;

Tashkiliy

• Startap loyiha uchun qiymat va o‘sish gipotezalarini tekshirishda ko‘mak;

•Startap loyihasi mahsuloti yoki texnologiyasi uchun intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda yordam.

Loyiha yakunlangach, eng yaxshi startap loyihalar 50 ming AQSH dollarigacha sarmoya jalb qilishlari mumkin

Arizalar Aloqatechlab.uz orqali qabul qilinadi

2022-04-19