“AloqaTechLab” uchun saralashdan o‘tgan loyihalar aniqlandi

11-fevral kuni G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida “AloqaTechLab” korporativ akseleratorining ikkinchi to‘lqini doirasida startap loyihalari “Pitch Day” taqdimot kuni o‘tkazildi.

AloqaTech Lab — IT Park, Aloqabank tijorat banki va “Aloqaventures” venchur fondi tomonidan ishga tushirilgan uch oylik korporativ akselerator. Dastur doirasida ishtirokchilarga loyihalarni ishga tushirish, ekspertlar bilan ishlash uchun texnik, moliyaviy va marketing yordami ko‘rsatilmoqda.

Dasturga jami 100 dan ortiq ariza topshirildi. Ishlab chiqilgan biznes modeli va MVPga ega 31 ta jamoa hakamlar hay'atiga moliyaviy va korporativ texnologiyalar, Big Data texnologiyalari va biznes uchun sun'iy intellekt yoʻnalishlarida oʻz loyihalarini taqdim etdi. Har bir jamoaga taqdimot uchun 3 daqiqa va hakamlar hay'atining savollariga 3 daqiqa vaqt berildi.

Hakamlar hay’ati a’zolari:

 • Farrux Maqsumov — “Plug and Play” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili;

 • Jahongir Kagirov — IT Park startap ekotizimlarini rivojlantirish boʻlimi rahbari;

 • Suxrob G'aybullaev — “AloqaVentures” direktori;

 • Mirolim Abdullayev — “AloqaVentures” loyihalar menejeri;

 • Pulatjon Davronov — “AloqaVentures” loyihalar menejeri;

 • Davron Parmanov — “AloqaVentures” loyihalar menejeri;

 • Azizbek Azizov — “AloqaVentures” maslahatchisi;

 • Dmitriy Lepixov — AQSh va Kanadada kichik biznes uchun telefoniya bozori yetakchisi boʻlgan “MightyCall” kompaniyasi bosh ijrochi direktori.

 

Pitch Day natijalariga ko'ra, quyidagi loyihalar inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari uchun tanlab olindi:

 • botcommerce

 • Oshme

 • Smart Cast

 •PointAI

 • Finiso.io

 • WorkBase

 • OCULA AI

 • DisPach

 • TTS.uz

 • Jobo

 • Ordertruck.eu

 • HOTELUS

 • UQUV.UZ

 • Lemix

“AloqaTech Lab” loyihasi doirasidagi “Pitch Day” barcha ishtirokchilar uchun ularning har biri o'z maqsad va orzulari sari yana bir muhim qadam qo'ygan kun bo'ldi. Loyiha yakunlangach, eng yaxshi startaplar “AloqaVentures”dan investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O'z startapingizni targʻib qilishni xohlaysizmi?

2023-02-14