18-may kuni soat 11:00 da IT Park Toshkent filialida Amazon Web Services (AWS) Tashkent kompaniyasi bilan hamkorlikda trening o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirning maqsadi – IT Park rezident kompaniyalarining ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va boshqarish bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Tadbir davomida ishtirokchilar quyidagilar haqida bilib oladilar:
Bundan tashqari, rezidentlar “AWS Activate” dasturi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ushbu dastur startap asoschilariga oʻz loyihalarini ishlab chiqishni soddalashtirish uchun 100 000 dollargacha boʻlgan turli imkoniyatlarni taqdim etadi.
Trening doirasida spikerlardan gibrid infratuzilma, DevTest, AI/ML, AWSʼda generativ AI va boshqalar kabi dolzarb texnik mavzularga bagʻishlangan chiqishlar ham kutilmoqda.
Tadbir yopiq formatda faqat IT Park rezident kompaniyalari uchun o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, 19-may kuni DevOps Community Uzbekistan bilan birgalikda IMPACT.T kovorkingida “AWS Meetup Tashkent #3” mitapi rejalashtirilgan boʻlib, unda IT Park direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Radjabov soʻzga chiqishi kutilmoqda.
_______
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2-may kuni O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Web Services o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan boʻlib, uning doirasida “Amazon Web Services”ning bilimlari va umumiy tavsiyalari bilan almashish uchun SI/MT sohasida taʼlim va tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik nazarda tutilgan.
2023-05-12