“Ask VC” hamjamiyati uchrashuvi

14-mart kuni soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida “Ask VC” hamjamiyatining “I2BF Global Ventures” Amekira venchur fondining investitsiya direktori Denis Kalishkin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv Denis Kalishkin hamda “Venchur tahlilchisi”, “Mahsulot menejeri”, “Y Combinator startup school” kurslari bitiruvchilari va “Ask VC” hamjamiyatining boshqa aʼzolari bilan munozara shaklida boʻlib oʻtadi, u yerda mehmonlar oʻz savollarini berishlari, IT sohasidagi yangi tendentsiyalarni muhokama qilishlari, fikr almashishlari va kurslarda oʻquv dasturi haqida koʻp foydali maʼlumotlarni bilib olishlari mumkin boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun arizani 14-mart soat 15:00 gacha quyidagi havola orqali yuborishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdJO5TUMjeZjwgAUuKQKSVIbn7JuypS980DXrvcaN6vC9AOrQ/viewform

Tashkilotchi haqida:

Denis KalishkinI2BF Global Ventures kompaniyasining investitsiya direktori, AQSh va MDHda 8+ yillik investitsiya tajribasiga ega, zamonaviy texnologiyalar (SI, narsalar interneti, RPA, robotlar va avtomatlashtirish, SaaS, AR/VR) bilan oʻzgartiradigan startaplarga eʼtibor qaratadi.

2023-03-07