Ask VC hamjamiyating Adil Nurgojin bilan uchrashuvi

11-may kuni soat 19:00 da IT Park’ning Toshkent filialida Ask VC hamjamiyatining “Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorlariga kirish va miqyoslashning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Sessiya spikeri Big Sky Ventures kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Adil Nurgojin bo‘ladi.

Uchrashuv davomida u Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlari va bu bozorlarda o‘z biznesini kengaytirish imkoniyatlari haqida so‘zlab beradi, shuningdek, Big Sky Capital fondi taqdimotini namoyish etadi.

Tadbir rus tilida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.

Sessiyaga 11-may, soat 14:00 ga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdHPV0s2qOOuGj-xf_PJQvixblV6j2RhYVcBw4EsBihCaUQBA/viewform

Spiker haqida ma’lumot:

Adil Nurgojin Qozog‘istondagi venchur investitsiya bo‘yicha ekspert, kapitali 20 million dollarni tashkil qiluvchi Big Sky Ventures (http://bigskycapital.co) venchur fondining boshqaruvchi hamkori.

Bundan tashqari, Adil I2BF Global Ventures hamkori, QAZAQSTAN INVESTMENT CORPORATION va Qaztech Ventures direktorlar kengashi raisi, UMAY Angels kompaniyasi hammuassisi hisoblanadi. Taxminan o‘n yil davomida u Qozog‘istonda venchur kapital bozorini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

2023-05-05