Hikoyamizning qahramoni Jonibek Kamarov. Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 21 yoshda va bugun u tibbiy dasturiy taʼminot boʻyicha birinchi startapini ishga tushirdi.
Samaraqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi №1-son akademik litseyni tamomlagach, o‘jarlik bilan, uzoq vaqt o‘z yo‘lini, taqdirini izladi. Uning IT sohasidagi tarixi 2021-yilda Samarqand viloyatidagi IT Park filialiga kelgan va “Future Skills Uzbekistan” nomli ta’lim loyihasiga qiziqib qolgan paytda boshlangan. Ushbu loyiha uning eʼtiborini tortdi va tez orada u loyiha doirasida Frontend va Backend dasturlashni chuqur oʻrgana boshladi va oʻquv jarayonida kerakli bilimlarni qamrab oldi.
Hozir Jonibek “Future Skills Uzbekistan” loyihasida o‘qishni tamomlab, frilanser sifatida oyiga o‘rtacha $800 oladi. U parallel ravishda o‘zining medset.uz loyihasini ham ishlab chiqmoqda. Hozirda Medset IT Park rezidentsiyasi tarkibiga kiradi. Medset – bu tibbiyotning barcha sohalarini yagona elektron tizimga birlashtirgan tizim boʻlib, uning yordamida bemorlar foydali vazifalarni bajaradilar. Vazifalarga quyidagilar kiradi: oldindan roʻyxatdan oʻtish, shifokor bilan muloqot qilish, kasalxonani topish va boshqalar.
O‘zining mehnatsevarligi va fidoyiligi tufayli Jonibek “Future Skills Uzbekistan” loyihasida o‘qishni boshlaganidan 6 oy o‘tgach, “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovida o‘zining “Medset” loyihasi bilan ishtirok etdi va TOP-100ga kirdi.
“Bizning foydalanilmayotgan salohiyatimiz ro‘yobga chiqishi va haqiqatga aylanishi kerak. Future Skills Uzbekistan kurslari tufayli men o‘z salohiyatimni ochib berdim. Agar siz ham oʻzingizda qobiliyatni his qilgan boʻlsangiz, ularning rivojlantirish ustida ishlashga va yaxshiroq boʻlishga tayyor boʻling”, – dedi Jonibek.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 11-yanvar kuni IT Park O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Ushbu tadbir 21-asrda ish beruvchilar tomonidan eng koʻp talab qilinadigan yangi kasblarni rivojlantirish va oʻqitishga qaratilgan “Future Skills Uzbekistan” yangi loyihasining boshlanishi boʻldi.
2022-02-21