Bepul seminar: “Muvaffaqiyatli savdo asoslari”

“Micros” o‘quv markazi barchani 7-iyul kuni soat 17:00 da boְְ‘lib o‘tadigan “Muvaffaqiyatli savdo asoslari” bepul seminarida ishtirok etishga taklif qiladi.

Tadbirning maqsadi tinglovchilarni mijozlar bilan muloqot qilish va muzokaralar olib borish metodologiyasi bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur seminar savdo sohasidagi yangi boshlanuvchilar uchun ham, muloqot va ishontirish qobiliyatlarini takomillashtirishga intilayotgan tajribali mutaxassislari uchun ham foydali bo‘ladi.

Ma’ruza tajribali yetakchi savdo menejer, “Micros” o‘quv markazining o‘qituvchisi Regina Abdurahmonova tomonidan olib boriladi. Seminar doirasida ishtirokchilar bir nechta asosiy mavzularni, jumladan, sotish asoslari, sotishga turlicha yondashuvlar va mahsulotlarni sotishning afzalliklarini muhokama qiladilar.

Seminar rus tilida olib boriladi. Joylar soni cheklangan.

Ro‘yxatdan o‘tish 7-iyulga qadar quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://micros.uz/learning/seminars/besplatnyy-seminar-osnovy-uspeshnykh-prodazh/

Manzil: Toshkent shahri, Kichik Beshag‘och ko‘chasi, 86-uy.

Qo‘shimcha ma’lumotlar: +998712077135, +998781207135, edu@micros.uz

Savdo samaradorligini oshirish va rivojlantirish imkoniyatini boy bermang!

2023-06-23