Birinchi xalqaro “Tashkent Digital Marketing Forum 2023” qanday o‘tdi

19–20-mart kunlari Hilton Tashkent Cityʼda birinchi xalqaro “Tashkent Digital Marketing Forum 2023” boʻlib oʻtdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Tadbir shaxsiy yutuqlarni namoyish etish, joriy yil uchun g‘oyalar va rejalar bilan boʻlishish, bozor yetakchilari bilan tanishish, yakunlangan yil yutuqlar asosida Digital-metrikalar boʻyicha forum mukofotlariga sazovor bo‘lgan eng yaxshi loyihalar, mahsulotlarni koʻrish imkoniyatini berdi.

Tadbir doirasida ikki kunlik konferensiya bo‘lib o‘tdi, unda mehmonlar samarali raqamli strategiyani qanday yaratish, biznesda qanday raqamli vositalardan foydalanish, Telegram va AliBaba’da qanday reklama qilish va sotish, qanday qilib internetdagi reklama samaradorligiga ta’sir qilish, kuchli raqamli brendlarni qanday yaratish mumkinligini va boshqa koʻplab qiziqarli mavzular haqida bilib oldilar.

Forum spikerlari orasida Yandex, SAP, Admixer, Wunder Digital, Alibaba.com, Beeline vakillari bor edi. Bundan tashqari, forumda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Norvegiya, Ukrainadan ko‘p yillik tajribaga ega va dunyoning yetakchi brendlari bilan ishlagan 20 dan ziyod yetakchi spikerlar so‘zga chiqdilar.

Forumning maxsus mehmoni, mashhur Rossiyalik bloger Yan Toples influence marketing boʻyicha mahalliy yetakchilar Umid Gafurov (“Tanish-bilish” agentligi) va Denis Roman (“We digital” agentligi) bilan birgalikda bloggerlar va brendlar o‘rtasidagi munosabatlardagi trendlar va muammolarni muhokama qilishga bagʻishlangan panel muhokamasida ishtirok etishdi. Muhokamada ishtirok etish uchun Cholpon Ashimova (“Namba Media” agentligi, Qirg‘iziston) va Diana Laletina (2any1 agentligi, Qozog‘iston) ham taklif qilindi. 

20-mart kuni esa forum kuratorlari tanlovi boʻyicha bloggerlar, raqamli kontent mualliflarini taqdirlashning birinchi marosimi – Digital Marketing Awards boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonda rus va oʻzbek tillarida noyob kontent yaratgan raqamli kontent mualliflariga 22 ta nominatsiya boʻyicha mukofotlar berildi.

Instagram, Telegram’ning 2022-yilgi raqamli ko‘rsatkichlariga ko‘ra, eng xilma-xil, jozibali, ommabop postlarni yaratuvchi agentlik va brendlar 17 ta alohida nominatsiya bo‘yicha taqdirlandilar. Bloggerlar orasida quyidagi nomzodlar taqdirlandi:

  1. “2022-yilning eng yaxshi kontenti” – TANISH BILISH ijodiy agentligi
  2. Eng yaxshi taʼlimiy kontent: Tillar – TEACHER AZAM
  3. Eng yaxshi taʼlimiy kontent: Texnologiyalar – TEXNOPLOV
  4. Eng yaxshi taʼlimiy kontent: Foto va video - MIROLIM OBIDOV
  5. Eng yaxshi biznes kontenti – ANVAR ABDUQAYUM
  6. Eng yaxshi layfstayl kontenti: Foto va video – YUGAYART
  7. Eng yaxshi layfstayl kontenti: Sayohatlar – TEAZEAL
  8. Eng yaxshi layfstayl kontenti: Fashion SAID FAZILOV
  9. Eng yaxshi kngilochar kontent: Oʻyinlar KIBER UZ
  10. Eng yaxshi kngilochar kontent: Musiqa KONSTA
  11. Eng yaxshi kngilochar kontent: Eksperimentlar ISOMTV
  12. Eng yaxshi kngilochar kontent: Ilmiy-ommabop KUNDUZIY
  13. Eng yaxshi sport kontenti – ASAL SAPARBAEVA
  14. Eng yaxshi pazandalik kontenti – MAZZA WORLD
  15. Eng yaxshi gastronomik sharhlar – DILMUROD NIGMATULLAEV
  16. Eng yaxshi podkast kanali – 102TV
  17. Eng yaxshi ijtimoiy kontent – ​​SUBYEKTIV

Digital Marketing Awards gʻoliblarining toʻliq roʻyxatini veb-saytda topishingiz mumkin.

Tadbir doirasida IT Park jamoasi ham “2022-yilda IT-sohani rivojlantirish va O‘zbekistonning mintaqaviy IT-markaz sifatidagi obro‘sini mustahkamlash uchun” mukofoti bilan taqdirlandi.

Tadbirda tashkilot stendi ham o‘rnatildi. Stendi koʻrib chiqib, forum ishtirokchilari ikki kun davomida IT Park ekotizimiga oid ko‘plab foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi: soliq imtiyozlari, rezident maqomini olish shartlari, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar va Oʻzbekistonda IT industriyasini rivojlantirishga hissa qoʻshadigan boshqa loyihalar.

Bundan tashqari, stendda spikerlar bilan suhbatlar yozib olindi, unda ular O‘zbekistonda marketingni rivojlantirish mavzusi boʻyicha o‘z fikrlari bilan boʻlishdilar, kelgusi yillar prognozlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar va boshlangʻich marketologlarga qimmatli maslahatlar berdilar. Tez orada ushbu intervyular IT Parkʼning rasmiy sahifalarida joylashtiriladi, yangiliklarni kuzatib boring!

2023-03-25