BPO Schoolʼga yakuniy suhbatlar Guliston shahrida boʻlib oʻtdi

2022-yil 22-yanvar kuni Guliston shahrida BPO-kompaniyasiga ishga kirishni xohlovchilar uchun BPO (Business Process Outsourcing) Schoolʼiga ishga qabul qilish doirasida yakuniy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.

BPO School – logistika sohasida ishlashni oʻrganish uchun maxsus maktab.  Ushbu maktabda abituriyentlar oylik treningdan oʻtadilar va BPO-kompaniyasida ishlash xususiyatlarini oʻrganadilar.

Jami 168 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 56 nafari birinchi bosqichdan o‘tgan.  Yakuniy suhbatdan 27 kishi oʻtdi.  Tanlovning asosiy mezonlari ingliz tilini bilish va BPO mutaxassislari uchun muhim boʻlgan muloqot qobiliyatlari edi.

Oʻqishni BPO Schoolʼda tugatgandan so‘ng, eng yaxshi 5 nafar talaba Toshkentdagi BPO-kompaniyasida amaliyot o‘tadilar.

Eslatib oʻtamiz, BPO - bu biznes-jarayonlarni autsorsing qilish, yaʼni maʼlum biznes-jarayonlarni bajarish uchun uchinchi shaxsga berilganda.  Misol uchun, xorijiy tashkilotga IT-mutaxassis, dizayner yoki huquqshunos kerak boʻlishi mumkin.  Tashkilot chet eldan mutaxassisni topishi mumkin va mutaxassis oʻz vatanida boʻlgan holda kompaniyaga autsorsing uchun oʻz xizmatlarini taqdim etadi.

*BPO School oʻquvchilari logistika xizmatlarini koʻrsatish uchun oʻqitiladi.

Logistika sohasidagi BPO-mutaxassislarining ish haqi $300-$400 dan boshlanadi.  Bundan tashqari, oʻz vazifalarini va KPIʼni samarali bajarish bilan u $3000-$4000 ga yetishi mumkin.

2022-01-25