2022-yil 31-yanvarda logistika kompaniyalarining amaldagi va sobiq xodimlarini murabbiy lavozimiga tayyorlash maqsadida bir haftalik bepul trening boshlanadi.
Treningdan soʻng ishtirokchilar logistika boʻyicha asosiy kursni oʻtkazishlari mumkin. Eng yaxshi bitiruvchilarga logistika boʻyicha asosiy kursni oʻrgatish uchun ishga taklif qilinadi.
Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar:
- logistika sohasida kamida 8 oy ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Ingliz tilini kamida 6,5 darajada bilish.
Trening murabbiyi, 2018-yildan buyon logistika sohasida ishlab kelayotgan, AQShda 5 yillik malaka oshirish va amaliyot tajribasiga ega ekspert Bekzod Abdukarimov bo‘ladi. Bugungi kunda u STL Truckers kompaniyasida Account va Training menejeri boʻlib ishlaydi.
Bekzod hozirgi vaqtda STL Truckersʼda ishlaydigan 47 ta kishini oʻqitdi.
STL Truckers – dunyodagi eng muvaffaqiyatli logistika kompaniyalaridan biri. Kompaniya yiliga 36 000 dan ortiq yuklarni yetkazib beradi va 4 000 dan ortiq hamkorlarga ega, jumladan: Amazon, Fedex, Walmart, Target va boshqalar.
Trening 11 ta modulni oʻz ichiga oladi. Bir seans 90 daqiqa davom etadi. Trening davomida ishtirokchilar logistika sohasida ishlashning barcha asoslarini o‘rganadilar, dispetcherlar funksiyalarini tushunadilar, xavfsizlik asoslarini o‘zlashtiradilar, uchinchi tomon elektron platformalaridan foydalanishni o‘rganadilar va boshqalar.
Darslar quyidagi manzilda oflayn rejimda boʻlib oʻtadi: STL ofisi, Mirzo Ulugʻbek shoh koʻchasi, moʻljal-GMS nevrologik klinikasining orqa tomoni.
Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/Gk2Qj7kqjxPramdq8
* Soʻrovnomani toʻldirgandan soʻng siz suhbatdan oʻtishingiz kerak boʻladi.
Savollar uchun: +998 90 990 01 80 (Bekzod)
2022-01-28