IT Park tomonidan Cambridge International University bilan hamkorlikda “Millat umidi” jamg‘armasi ko‘magida 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida xakaton tashkil etilib, tadbir 3-5 iyun kunlari “Cambridge Coding Festival” doirasida bo‘lib o‘tdi.
Xakaton musobaqasida ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda cheklangan vaqt davomida startap-loyiha yoki mahsulot prototipini yaratishi ko‘zda tutilgan. Ushbu xakaton alohida yo‘nalishlarga ega bo‘lmay, jamoalar 72 soat ichida IT-yechim uchun muvofiq MVP ishlab chiqishlari lozim edi.
Hakatonda ishtirok etish uchun respublika bo‘yicha 350 dan ortiq ariza kelib tushdi. Unda 200 dan ortiq kishi qatnashib, ishtirokchilar 60 dan ortiq jamoalarga birlashdilar. 45 ta jamoa esa finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, hakaton mukofot jamg‘armasi 100 000 000 so‘mni tashkil etadi. Shundan g‘olib jamoaga 50 000 000 so‘m, 2-o‘ringa 30 000 000 so‘m, 3-o‘ringa esa 20 000 000 so‘m nasib etadi.
Hakaton g‘oliblari:
1-o‘rin – “Phoenix” jamoasi (WEB 3.0 asosida o‘quv platformasini ishlab chiqdi. Ushbu web sahifada o‘quv kurslari doirasida topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarganlik uchun tokenlar to‘lanadi);
2-o‘rin – “SearchBusters” jamoasi (brauzer uchun noyob vosita ishlab chiqdi. Ushbu vosita yordamida foydalanuvchi o‘z ona tilida Internet tarmog‘ining ingliz tilida so‘zlashuvchi qismiga osongina o‘ta oladi);
3-o‘rin – “BBC” jamoasi (AR tizimini joriy etgan holda mebel savdosi uchun maxsus platformani ishlab chiqdi. Unda mebel jihozlarini osongina tanlash va keyinchalik sotib olish uchun qator qulayliklar mavjud).
Bundan tashqari, IT Park rezidenti “Green White Solutions” kompaniyasi hakatonda faollik ko‘rsatgan qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 ta nominatsiya (har biri uchun 10 000 000) bo‘yicha 30 000 000 so‘m ajratdi.
Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:
“Eng faol dasturchi” – Ma’rifat Jamalova, “#Marstiff” jamoasi;
“Eng faol loyiha menejeri” – Aziza Muhamedova, “NovaTech jamoasi”;
“Eng faol ishtirokchi” –jamoasidan Sevara Umarova, “hBack”.
Loyiha mentorlari (murabbiylari):
1. Sardor Bayramov – “Green white Solutions” kompaniyasining full-stack dasturchisi. uzpharminfo.uz sayti yetakchi dasturchisi
2. Sardor Xo‘jayev – “Smartup ERP” tizimida dasturiy ta’minot muhandisi.
3. Siroj Samadov - Katta dasturiy ta’minot muhandisi, “Oracle” sertifikatiga ega mutaxassis, “Green white Solutions” tadqiqot va ishlanmalar bo‘limi rahbari
4. Otabek Toshkanov - “Oracle” sertifikatiga ega mutaxassis, tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha jamoa a’zosi
5. Agabek Bozorboyev – “Smartup” uchun mas’ul guruh rahbari
6. Abbos Bukabaev - “Oracle” sertifikatiga ega huqushunos, “Smartup ERP” tizimining yetakchi dasturchisi
7. Munira Begmuratova – Senior Software Enginner & Community Leader
8. Ernest Fink-Yakovlev - product manager (mahsulot menejeri), qiwi.uz
9. Islom Toshpo‘latov - "Najot ta’lim" / Abutech kompaniyasining yetakchi dasturchisi
10. Bahodir Nazarov – “Verifix HR” kompaniyasi loyiha menejeri (project manager)
11. Kim Svetlana — “Digital Intellect Solutions” IT kompaniyasining loyiha menejeri (project manager)
Hakamlar hay’ati:
• Muslimbek Pirnazarov – qator startaplar asoschisi (shulardan biri, “Mammo Cancer”)
• Murodjon Muslimov – “Payme” kompaniyasi mutaxassisi, startaplar asoschisi
• Baxtiyor Yoqubov – blokcheyn bo‘yicha mutaxassisi
• Nuriddin Iminoxunov – “EPAM” mahsulot menejeri (product manager), Toshkentdagi “GDG” hamjamiyati asoschisi
• Iskandar Qurbonov “Avlo” startapi asoschisi.
2022-06-09