Central Asian Innovation Hubs: Mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish uchun yangi istiqbollar

Toshkent, 18-sentyabr – Markaziy Osiyoning eng yirik texnoparklari bo‘lgan IT Park Uzbekistan va "Astana Hub" mintaqaviy startap ekotizimini rivojlantirish va innovatsion salohiyatni xalqaro miqyosda ilgari surish maqsadida "Central Asian Innovation Hubs" nomi ostida birlashmoqda.

"ICT WEEK UZBEKISTAN 2024" doirasida, IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov va "Astana Hub" bosh direktori Magjan Madiyev tegishli hamkorlik memorandumi imzoladilar.

Ushbu hamkorlikning maqsadi umummintaqaviy identitetni yaratish, startap ekotizimini va venchur fondlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek, Markaziy Osiyoning istiqbolli loyihalarini xalqaro platformalarda ilgari surish bo‘yicha bir qator qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdir.

Yil oxirigacha, ikki davlatning texnoparklari birlashgan brend ostida bir qator yirik xalqaro tadbirlarda ishtirok etadilar, ulardan biri "InMerge" (Baku), "TechCrunch" (San-Fransisko) va "WebSummit" (Lissabon). "InMerge" tadbirida mintaqadan 4 ta startap xalqaro investorlar va fondlarga taqdim etiladi; "TechCrunchda" – 20 ta startap; "WebSummit"da esa – 16 ta startap.

Bundan tashqari, mintaqaviy startap loyihalarining "Hero Training Program" (Draper University), "Stanford HealthTech Accelerator" va "Alchemist Accelerator" dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash rejalashtirilgan.

Ushbu hamkorlik startap ekotizimlarining rivojlanishiga yangi yo‘nalish va turtki beradi, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiya jozibadorligini oshiradi. "Central Asian Innovation Hubs" yaratilishi orqali mintaqaviy startaplarning global miqyosda tanilishi ortadi va asoschilarga o‘z innovatsiyalarini xalqaro platformalarda sanoat yetakchilariga taqdim etish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

2024-09-18