Code.org platformasi endi oʻzbek tilida ham mavjud!

Dunyoga mashxur Code.org platformasi IT Park bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzira hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad – yurtimiz bolalari uchun IT dunyosi imkoniyat eshigini ochish.

2020-yilning 17-dekabrda One Million Uzbek Coders bir yilligini nishonlashga bagʻishlangan tadbirda Dubai Future Foundation (BAA) direktorining oʻrinbosari Abdulaziz Al-Jaziri code.org saytidagi yangilanish haqida soʻzladi. Unga koʻra, endi maktab oʻquvchilari ham oʻquv jarayonlarida qatnashishlari va kelajak kasbini egallashlari mumkin. Buning barchasi IT Park, Code.org va Dubai Future Foundation hamkorligining samarasidir, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ko'magi bilan.

Code.org xalqaro hamkorlik boʻyicha vitse prezidenti Leonardo Ortiz Villakorta oʻz videomurojaatida rasman code.org maktab oʻquvchilarining kreativlik, muammoni yechish va boshqa koʻnikmalarini oshirish maqsadida “One Million Uzbek Coders” loyihasi hayotida faol qatnashishini maʼlum qildi.

Code.orgʼning asosiy yangilanishlarida biri – bu platforma endi oʻzbek tilida ham ishlashi boʻldi. Bu esa Oʻzbekistonning oʻsib kelayotgan avlodi IT dunyosini oʻrganishda hech qanday til toʻsiqlariga duch kelmasligini anglatadi.

Code.org nima?

Code.org – bu maktablarda kompyuter fanini oʻrganishni kengaytirishga qaratilgan notijorat tashkilot. Code.orgʼning maqsadi barcha maktablardagi har bir talaba kompyuter fanini asosiy taʼlimning bir qismi sifatida oʻrganish imkoniyatini berish. Code.org AQSHning eng yirik maktab okruglarida kompyuter fanlari boʻyicha oʻquv dasturlarining yetakchi provayderi. Bundan tashqari, ushbu platforma «Hour of Code» har yillik xalqaro kampaniyasi tashkilotchisi boʻlib, hozirgi kunda butun dunyodagi maktab oʻquvchilarining 15 foizidan koʻprogʻi ishtirok etmoqdi. Code.org homiylari: Microsoft, Facebook, Amazon, Infosys Foundation, Google va boshqalar.

Yutuqlar raqamlarda:

Platformada 1 700 000 dan ortiq oʻqituvchi va 53 000 000 dan ortiq oʻquvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan. Oʻtgan yil kurslarning 70 000 dan ortiq bitiruvchisi ish olgan.

Leonardo Ortiz oʻz videomurojaatida ota-ona va oʻqituvchilarni ushbu platforma yordamida oʻquvchilar oʻrtasida bilim tarqatishda faol ishtirok etishga chaqirdi:

“Men Oʻzbekistonning barcha ota-onalari va oʻqituvchilarini ushbu platformani oʻrganishga va barcha maktab oʻquvchilariga bilim berishni taklif qilmoqchiman. Code.org barcha maktab oʻquvchilari oʻzlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari va yanada yaxshi kelajakka erishishlari uchun Oʻzbekistonda kompyuter fanlarini rivojlantirish boʻyicha ishlarni davom ettirishga qaratilgan”.

Oʻylashimizcha, bu butun Oʻzbekiston ta’lim jamiyati uchun ajoyib yangilik! Uni ishlatishga shoshiling va Code.org saytiga o'ting! Bizning kelajagimizni qurish uchun oʻrganing va rivojlaning!

2020-12-18