2020-yil 17-dekabr kuni “One Million Ozbek Coders” yubileyiga bagʻishlangan tadbirda Dubai Future Foundation (BAA) direktori oʻrinbosari Abdulaziz Al Jaziri yangi loyiha yangilanishi – code.org platformasini mahalliylashtirish haqida gapirdilar. Endilikda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kelajakdagi kasb-hunarlarni puxta egallash imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidladilar.
Code.org kompaniyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Leonardo Ortiz o‘zining videomurojaatida Code.org bolalarda ijodkorlikni, mantiqiy va algoritmik fikrlashni, muammolarni hal qilish va jamoada ishlash qobiliyatini, hamda, XXI-asrda zarur boʻlgan boshqa koʻnikmalar rivojlantirish maqsadida “One Million Uzbek Coders” loyihasining hayotida faol ishtirok etishini rasman ma’lum qildi.
Code.org platformasi bepul va o‘zbek tilida foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, bu yangi boshlanuvchi IT-mutaxassislari uchun til to‘siqlarini olib tashlaydi va ularga IT’ni o‘z ona tilida o‘rganish imkonini beradi. “Express entry” kurs toʻplami toʻliq oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Hozirgacha O‘zbekistondan 4618 nafar foydalanuvchi platformada ro‘yxatdan o‘tgan.
Platformaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- bolalar uchun mos yorqin kontent;
- darslar uchun mantiqiy topshiriqlarning koʻpligi;
- oʻyin orqali dasturlash asoslarini oʻrganish.
Code.org platformasidagi kurslar 1-7-sinf o‘quvchilari uchun informatika to‘garaklari sifatida amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 ta ixtisoslashtirilgan IT-maktablarida o‘quv kurslari joriy etilgan bo‘lib, ularda 1-8-sinflarda 5 ming nafar o‘quvchi oʻqigan yoki o‘qiyotgan bo‘lib, ularning 3700 nafari sertifikat oldi. Kontent IT-sohasida baza yaratish va vazifalarni bajarish uchun moʻljallangan boʻlib, bu bolalarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi va kelajakda ularning eʼtiborini dasturlashni oʻrganishga jalb qiladi.
Code.org dasturi boʻyicha oʻqishdan soʻng, bolalar “One Million Uzbek Coders” platformasida web va obyektga asoslangan dasturlashni yanada rivojlantirish va oʻrganishga tayyor boʻladilar.
Roʻyxatdan oʻting va kurslarga yoziling: https://code.org/
2022-01-11