Coursera taʼlim platformasida bepul taʼlim olish imkoniyatidan foydalanish uchun ariza

Coursera yetakchi onlayn taʼlim platformasida aksiya!

IT Park, IT Markaz, IT Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari Vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda ayni damda ishsiz qolganlar uchun super aksiyani yoʻlga qoʻymoqda. 

Coursera – bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.

Aksiya ishtirokchilari uch oylik kurs davomida xalqaro darajadagi bepul taʼlim olishlari mumkin boʻladi.

Yoʻnalishlar:

– Biznes
– Kompyuter fani
– Maʼlumotlar haqidagi fan
– Tillarni oʻrganish

Coursera taʼlim platformasi toʻgʻrisidagi maʼlumot raqamlarda:

– Oʻrganuvchilar - 64 000 000
– Loyihalar - 240+
– Kurslar - 4 500+
– Mutaxassisliklar - 450+
– Sertifikatlar - 30+
– Darajalar - 20

Roʻyxatdan oʻting va yangi bilimlarni oʻrganish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/PeZoK

2020-07-14