Coursera xalqaro platformasida bepul onlayn kurslar 

IT Park hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera bilan hamkorlikda aksiya tashkil qildilar. Aksiyada barcha xohlovchilar, ayniqsa ishsiz qolganlar 2020-yilning 14-iyulidan 31-dekabriga qadar barcha kurslarda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Coursera – bu xalqaro onlayn taʼlim platformasi boʻlib, unda dunyoning eng yaxshi universitetlarida va kompaniyalarida faoliyat yurituvchi eng kuchli oʻqituvchilar jam boʻlgan.

Ushbu portalda 64 mln.dan ziyoda foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, 4 500 dan ortiq kurslar, 450 mutaxassislik, 20 ta daraja mavjud.
Bugungi kunga qadar (06.08.2020) 5100 ariza qabul qilindi va 140 foydalanuvchi oʻz sertifikatiga ega boʻlib ulgurdi. 

https://clck.ru/PeZoK (UZ) https://clck.ru/PeZmh (RU) havolalari orqali ariza qoldirgan holda 30-sentyabrga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkin. 

Instruksiya:

Roʻyxatdan oʻtish jarayonidan soʻng, siz 3 kun ichida arizada qoldirilgan emailingiz orqali taklifnoma havolasiga ega boʻlasiz. Har bir roʻyxatdan oʻtuvchi 31-dekabrga qadar ushbu portaldagi istalgan kursda bepul oʻqishi mumkin boʻladi. 2020-yilda aksiya muddati oʻz yakuniga yetadi.

2020-08-07