2021-yil 1-martdan 25-aprelga qadar dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha “RuCode” xalqaro o‘quv festivali o‘tkazildi, shuningdek, ushbu festival an’anaviy ravishda Rossiya va boshqa davlatlardan boshlang‘ich va professional dasturchilarni birlashtirdi. Bu Rossiyaning 17 nafar yetakchi OTMlari va jamoat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan uchinchi festival hisoblanadi. Jami 2020-2021-yillar oralig‘ida 40 000 dan ortiq kishi “RuCode”da o‘z ko‘nikmalarini oshirishdi.
“RuCode” festivali sun’iy intellekt va algoritmik dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Festival quyidagi uchta bosqichdan tashkil topdi: onlayn kurslar, intensiv kurslar va chempionat shaklidagi yakuniy hisobot.
Ikkinchi bosqichda Rossiya yetakchi OTMlari o‘qituvchilari hamda MIPT huzuridagi IT ta’limni rivojlantirish markazi trenerlari tomonidan interaktiv intensiv kurslar tashkil etildi. Intensivlarda ishtirok etish uchun saralash bosqichidan o‘tish kerak edi. Natijada, ushbu saralashdan 1 500 ta ishtirokchi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Festivalda ishtirok etish uchun O‘zbekistondan jami 212 ta kishi ariza topshirgani aniq bo‘ldi. Festival ishtirokchilarining umumiy soni 10 mingdan oshdi.
Festival yakunida, algoritmik dasturlash yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan g‘alaba qozonganlar quyidagilar bo‘ldi:
- Abdimannopov Ulug‘bek.
- G‘aniev Asadullo.
- O‘rinboev Doniyorbek.
2 yil davomida RuCode ta’lim festivali Rossiyadan va dunyoning boshqa davlatlaridan kelgan minglab ishtirokchilarga sun’iy intellekt va dasturlash bo‘yicha mahoratini oshirishda, shuningdek, IT sohasida o‘z faoliyatini boshlashga katta yordam berdi. Festival Vladivostok, Ekaterinburg, Petrozavodsk, Ijevsk, Irkutsk, Innopolis, Kursk, Krasnoyarsk, Novosibirsk, Perm, Saratov, Chita, Tomsk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod va Toshkentning yetakchi universitetlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan.
2021-04-30